Tuman sportchi ayol-qizlari Qoraqalpogʻistonda "Eng shiddatli jamoa" deb topildi
Respublikamizning barcha hududlarida oʻtgan hafta davomida "Xotin-qizlar sport haftaligi" oʻtkazildi. Mazkur haftalik doirasida ertalabki ommaviy badantarbiya mashqlari va sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, badminton, shaxmat-shashka, gimnastika turlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.


doirasidagi sport tadbirlari tumanimizda ham oʻtkazildi va ularga faol boʻlmagan ayol-qizlarni jalb etishga ham katta eʼtibor qaratildi. Barcha ayol-qizlar ertalabki badantarbiya mashklari, arqon tortish, gimnastrada, shaxmat-shashka, voleybol va boshka sport tadbirlarida katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. Oʻzaro musobaqalarda faol qatnashib, gʻolib boʻlgan 35 yoshdan yuqori boʻlgan 19 nafar ayol-qizga Nukus shahrida oʻtkazilgan "Ayollar sport festivali"ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida qatnashish uchun yoʻllanma berildi.


Oʻtkazilgan sport tadbirlaridan yugurish boʻyicha musobaqalarda tumanimizdan ishtirok etgan D.Bobojonova Qoraqalpogʻistonda 1-urinni egalladi. Tennis boʻyicha musobaqada ishtirok etgan G.Polvonova esa 3-oʻrinni egallab, sovringa ega boʻldi.
Sport festivali yakuniga koʻra tuman ayol-qizlari sport jamoasiga "Eng shiddatli jamoa" nominatsiyasi berildi.
Nasiba Eshchonova, tuman Madaniyat markazi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶