“Xotin-qizlar sport haftaligi” ötkazilmoqda
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2018-yilning 20-sentyabr kuni bölib ötgan “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantiriş böyiça istiqboldagi vazifalar töğrisida”gi majlis bayoni ijrosini taʼminlaş maqsadida, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan işlab çiqilgan reja asosida 2019-yildan boşlab har oyning bir haftasi “Xotin-qizlar sport haftaligi” qilib belgilangan. Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan esa haftaning seşanba kuni “Xotin-qizlar sporti kuni” deb eʼlon qilingan.
Kalendar rejaga muvofiq tumanimizda ham mazkur haftada “Xotin-qizlar sport haftaligi” taşkil qilindi. Haftalik doirasida seşanba kuni ötkazilgan sport tadbirlarida esa faol bölmagan qizlar, uy bekalari va katta yoşdagi ayollarni iştirok etişdi.
Sport haftaligi tadbirlari har kuni ertalabki badantarbiya maşqlari bilan boşlandi. Haftalik doirasida duşanba kuni sportning arqon tortiş va yuguriş, seşanba kuni gimnastrada, çorşanba kuni şaxmat va şaşka, juma kuni stol tennisi kabi turlari böyiça musobaqalar taşkil qilindi. Payşanba kuni esa “Quvnoq startlar” musobaqalari ötkazildi.
15-fevral kuni 16-sonli umutaʼlim maktabida ötkazilgan faol bölmagan qizlar, uy bekalari örtasidagi stol tennisi musobaqalari ham ança qizğin tus oldi. Unda iştirok etgan ayollar nafaqat jismoniy faolliklarini oşirdi, balki sportning uşbu turi böyiça dastlabki bilim va könikmalarga ham ega bölişdi.
Maşğulotlarda nafaqat umumtaʼlim maktabi, kasb hunar kollejlari öquvçi qizlari, balki, uy bekalari va katta yoşdagi ayollarning ham iştirok etgani tadbirlar qamrovini yanada oşirdi.
Haftalik davomida ötkazilgan tadbirlarda jami 300 nafardan ortiq ayol-qizlar sportning bir neça turlari bilan şuğullandi. Ötkazilgan musobaqalar ğoliblari tuman Xotin-qizlar qömitasining diplom va esdalik sovğğalari bilan taqdirlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶