Jigar tsirroziga olib keladigan kasalliklarni bilasizmi?
Jigar tsirroziga olib keladigan kasalliklardan biri bu virusli gepatit V kasalligidir!
Ötkir virusli gepatit “V” antroponoz kasallik bölib, tabiiy va sunʼiy yöl bilan yuqadigan, davomli virusemiya va tsiklik keçadigan surunkali gepatitga, jigar tserroziga olib keladigan kasallikdir. Virusli gepatit V virusining xarakterli xususiyati şundaki, taşqi muhit omillariga öta çidamli, yuquvçanligi juda yuqori. Virusning kasallik keltirib çiqarişi mumkin bölgan dozasi, yaʼni tarkibida virus bölgan 0.0000001ml zardob soğlom odam organizmiga tuşsa, kasallik keltirib çiqaradi.
Infektsiya manbai kimlar?
ötkir virusli gepatit V bilan kasallangan bemorlar;
surunkali virusli gepatit Vga çalingan bemorlar;
organizmida 6 oy va undan ortiq virus taşuvçi odamlardir.
Kasallik bemorlarning 90-99 foizida sariqsiz, klinik belgilarsiz yaşirin ötadi. Hozirgi kunda bitta klinik belgilari bor bemorga 100 ta klinik belgilarsiz, yaʼni sariqsiz bemor töğri keladi. Bu esa kasallikning soğlom odamlar örtasida tarqaliş xavfini oşiradi. Gepatit V bilan oğrigan bemorlarda holsizlik,tez çarçab qolişga moyillik, boş oğrişi, suyak böğimlarining oğrişi, ovqat hazm bölmasligi, iştaha pastligi, kekiriş, 1-10 foiz bemorlarda esa teri, köz oqining sarğayişi, siydik qizarişi, najasning oqarişi, jigar va epigastral sohada oğriq kuzatiladi.
Virusli gepatit V qanday yuqadi?
işlatilgan şprits, igna, skarifikator va boşqa tibbiy asboblardan notöğri foydalanganda;
giyohvand moddalarni umumiy şpritsdan tomir orqali qabul qilganda;
betartib jinsiy aloqalar orqali;
virusli gepatit V bilan kasallangan yoki virus taşuvçi onadan bolaga homiladorlik vaqtida va tuğiş jarayonida;
zararsizlantirilmagan soç-soqol, tirnoq oliş asboblari, tatuirovka, pirsing ignalari orqali;
maişiy muloqot orqali, yaʼni şaxsiy gigiyena anjomlaridan umumiy foydalanganda, uy şaroitida har xil oçiq jarohatlar olganda zararsizlantiriş qoidalariga rioya qilinmaganda soğlom odamga yuqişi mumkin.
Kasallikni yuqtirişning oldini oliş uçun nimalarga ahamiyat beriş lozim?
tibbiy muolajalar olayotganingizda zararsizlantirilgan asboblarning işlatilişiga ahamiyat bering;
bir martalik şprits, igna va boşqa inʼektsiya asboblari va dori vositalarini oldingizda oçişlarini talab qiling. Agar şubhangiz bölsa, bu muolajadan voz keçing;
şaxsiy tiş çötka, ustara, tirnoq tozalaş va oliş asboblaridan foydalanişga odatlaning;
sartaroşxonalarda ustara, qayçi va boşqa manikyur asboblarining zararsizlantirilişiga ahamiyat bering, bir martalik yoki şaxsiy asboblaringizdan foydalaning;
giyohvandlik kabi illatlardan voz keçing;
öz juftingizga sodiq yaşang.
Virusli gepatit V kasalligidan saqlanişning eng samarali usuli –
kasallikka qarşi profilaktik emlatişdir
Mamlakatimizda 2001-yildan boşlab virusli gepatit Vga qarşi çaqaloq tuğilgan kunidan boşlab rejali, 4 bosqiçda profilaktik emlaş ötkazilmoqda. Şu sababli sönggi yillarda 17 yoşgaça bölgan bolalar örtasida virusli gepatit V bilan kasallanganlar qayd qilinmadi.
Kasallikni yuqtiriş ehtimoli yuqori bölgan xavfli guruhga kiruvçi tibbiyot xodimlari, iş faoliyatida har xil jarohatlar oliş mumkin bölgan mutaxassislar (quruvçilar, stanoklar bilan işlovçilar, sartaroşlar va h.) öz hisobidan 3 bosqiçda virusli gepatitga qarşi profilaktik emlaş muolajasini olişlari maqsadga muvofiq. Ayrim sabablar bilan kasallikni yuqtiradigan bölsangiz, kasallik yaşirin ötişi mumkin, oqibatda özingizda surunkali gepatit V, jigar tsirrozi, jigar raki kabi kasalliklarni orttirib olasiz.
UNUTMANG, taqdiringiz, salomatligingiz öz qölingizda.
Gulşoda TAJIBAYeVA, tuman DSENM
epidemiologiya bölimi mudirasi
toifali epidemiolog.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶