Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan yuridik şaxslar va ularning alohida bölinmalari diqqatiga!
Amudaryo tumani Statistika bölimi 2018-yilda bajarilgan iş hajmlari töğrisidagi yillik davlat statistika hisobotlarini öz vaqtida taqdim qilişingizni söraydi.
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan kiçik korxona va mikrofirmalarning 1-KV yillik statistika hisoboti – 2019-yilning 26-fevral sanasigaça;
Paxta, ğalla, çorvaçilik, parrandaçilik va boşqa faoliyat turlari bilan şuğullanuvçi fermer xöjaliklarining 1-FX yillik statistika hisoboti – 2019-yilning 25-fevral sanasigaça;
Tumanimizdagi davlat taşkilotlarining 1-Notijorat yillik statistika hisoboti – 2019-yilning 15-fevral sanasigaça taqdim qilinişi kerak.
Davlat statistika hisobot şakli Internet tarmoği vositasida davlat statistika hisobotlari elektron körinişda yiğiş avtomatlaştirilgan tizimi eStat 3.0 orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi. eStat 3.0 tizimida mavjud davlat statistika hisobotlarining elektron şakli (şablon)ni Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasining www.stat.uz rasmiy saytidan olişingiz mumkin.
Hurmatli tadbirkorlar va işbilarmonlar! Sizning taqdim qilgan hisobotingiz umumlaşgan holda tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlarida aks etadi. Şuning uçun har biringizdan davlat statistika hisobotlariga befarq qaramasligingizni söraymiz.
Unutmang! Tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga har kim imkon boriça öz hissasini qöşsa, aholining yanada farovon hayot keçirişi, ular uçun munosib turmuş şaroiti yaratilişi taʼminlanadi.
Amudaryo tumani Statistika bölimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶