2014-yil uchun munajjimlar bashorati
Qoʻy /21.03-20.04/
Qoʻy burji ostida tugʻilgan insonlarni shubhasiz yorqin yil qarshi olmoqda. Ular hamkorlar hamda atrofdagilar bilan munosabatga yangicha yondoshadilar. Bunda oila, uy bilan bogʻliq muammolar ham eʼtibordan chetda qolmaydi. Oʻzlarini boʻydoq, deb hisoblab yurganlar ham aynan bu yilda oʻzlariga oilaviy muhit va shaxsiy boshpana yetishmayotganligini his qiladilar. 2014-yilda avval kelishmovchiliklar boʻlgan qarindoshlar bilan munosabatlarni tiklash va yarashish uchun qulay palla.
2014-yil ular uchun ikkita muhim davrga ajratiladi. Avgustga qadar "asta yursang uzoqqa borasan” degan aqidaga amal qiluvchilar uchun omadli davr hisoblanadi. Ehtiyotkorlik, atrofdagilarning zaruratiga eʼtibor va ularni toʻgʻri tahlil qila bilish burj vakillarining barcha ishlarida omad keltiradi. Yilning ikkinchi yarmi yanada faollikni va ayrim hollarda qaʼtiy qarorlar chiqarishni talab qiladi. Martdan iyulgacha boʻlgan davrda ular oʻz juftlariga qoʻygan talablarini yana bir bor koʻzdan oʻtkazishlariga toʻgʻri keladi.
Yangi munosabatlarni boshlashda yulduzlaryoz fasligacha shoshilmaslikni maslahat beradi. Ana shunda siz vaziyatga toʻgʻri baho berish imkoniga ega boʻlasiz. Boʻydoqlar uchun oila qurish va juftlarini ota-onalariga tanishtirish uchun qulay vaqt.
Buzoq /21.04-21.05/
Kelayotgan 2014-yil buzoq burjidagilar hayotlarida muhim pallalardan biri boʻlishi kutilmoqda. Oʻz hayotlariga teran qarashni shakllantirish ular uchun eng dolzarb masala boʻlib qoladi. Bu yangi munosabatlar yoki oʻzgarishlarda, sevimli inson bilan munosabatlarda oʻz aksini topadi. Koʻpchilik buzoq burjidagi insonlarni koʻplab yangi tanishuvlar kutmoqda. Siz gʻoyatda kirishimlilik, boshqalarga nisbatan eʼtiborlilik bilan turlixil odamlar bilan doʻstlik aloqalarini oʻrnatasiz. Bu sizning mansab pillapoyalaridan yuqori koʻtarilishingizda ham katta rol oʻynaydi. Lekin yaqinlaringiz bilan va boshqa jiddiy munosabatlarda bu yil unchalik omadli boʻlmaydi. Siz ularning munosabatlarining qanchalik mustahkam ekanligini sinab koʻrasiz.
Bu burj vakillari oʻzlarida gʻamxoʻr, eʼtiborli hamkorga kuchli ehtiyoj sezishadi. Yilning birinchi yarmida xuddi shunday odamni uchratasiz. Ammo bu siz uchun yangi tanishuv boʻlmaydi. Yulduzlar sizga haddan tashqari juftingizning tarjimai holiga qiziqib yurishingizni maslahat bermaydi. Yilning ikkinchi yarmida koʻpdan beri yolgʻiz boʻlganlarga ajoyib munosabatlarni amalga oshirish imkoni tugʻiladi. Yaqinlaringizga eʼtiborli boʻlish tavsiya qilinadi.
Egizaklar /22.05-21.06
Bu yil egizaklar uchun osuda va katta imkoniyatlarni amalga oshirish uchun qulay yil boʻladi. Bunda ular uzoq muddat oʻzlari oldida koʻndalang boʻlib turgan vaziyatni toʻgʻri baholay olishlari kerak boʻladi. Jiddiy va qatʼiyatli egizaklarga ish va sogʻliq borasida omad kulib boqadi. Ish borasida aniq qarorlar qabul qilish, rahbarlar bilan munosabatlarni yaxshilash uchun ayniqsa qulay palla. Koʻplar oʻz sogʻliqlarini yaxshilash bilan mashgʻul boʻlishadi. Sogʻliq borasida jiddiy qaygʻurmasangiz, kasallikning yangi asorati paydo boʻlish xavfi bor. Sogʻliqlari bezovta qilmagan egizaklarda ham birdaniga sogʻliqlarini mustahkamlash, sogʻlom hayot tarzi bilan shugʻullanish fikri tugʻiladi. Shu bilan birga bu yil egizaklarning doʻstlari davrasida oʻzgarish boʻlishi kutilmoqda.
Yilning birinchi yarmiga kelib, sizning shuncha paytdan buyon doʻst, deb qarab kelgan insoningiz siz uchun doʻstdan ham qadrliroq ekanligini payqab qolasiz. Bu munosabatlar oktyabr oyiga borib avj nuqtaga chiqadi. Bu paytda oʻzaro munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilishi kuzatiladi.
Qisqichbaqa /22.06-22.07/
Yulduzlar 2014-yil qisqichbaqalar uchun unutilmas tassurotlarga boy boʻlishini bashorat qilishmoqda. Ularni ish borasida yoqimli syurprizlar kutmoqda. Ayniqsa oʻqish yoki xizmat bilan bogʻliq boʻlgan chet el safari muvaffaqiyatli boʻlishi kutilmoqda. Avvalgi 3 oy yoʻl qoʻyilgan xatolarni tahlil qilish, harakatlarni rejalashtirib olish uchun qulay. Aprel oyidan boshlab faol ishga kirishish zarur. Bu vaqt orzularingizni amalga oshirish uchun imkon paydo boʻladi.
Yilning ikkinchi yarmida ular daromadning ilk mevalaridan bahramand boʻladilar.
2014-yil bu burj vakillarining koʻpchiligi biror xobbi yoki karʼera yo qoʻshimcha daromad topish yoʻllarini izlab topadilar. Qisqichbaqalar uchun bu yil iqtisodiy borada omadli boʻlishi kutilmoqda. Yilning birinchi yarmida ota-onangizga ayniqsa eʼtiborli boʻling.
Oʻzingizdan ancha katta, baland mavqedagi inson bilan yaqin munosabatlarga kirishishingizga toʻgʻri kelishi mumkin. Ammo bu munosabatlarning nechogʻlik jiddiy ekanligi haqida albatta oʻylab koʻring.
Farzandlaringizning talab va ehtiyojlariga koʻp kuch sarflashingizga toʻgʻri kelib, burch va vazifalaringizni bajarishga koʻp ehtiyoj seziladi.
Arslon /23.07-23.08/
Koʻpchilik arslonlar uchun bu yil xotirjam va osuda kechishi kutilmoqda. Ammo mana shu xotirjamlik ostida ichki jiddiy oʻzgarishlar, oʻz hayotiga qayta nazar tashlash istagi kabilar yuzaga kelishi mumkin.
Uy va oila bilan bogʻliq masalalar yil boʻyi arslonlarning diqqat markazida boʻladi. Koʻpchilik bu burj vakillari oʻz munosabatlarini nikoh bilan qonuniy hal qilishga qaror qiladilar. Lekin yulduzlar sizga martdan iyulgacha boʻlgan davrda nikoh va boshqa hal qiluvchi qadamlarni qoʻymaslikni bashorat qilmoqda. Ilk bahorda burj vakillarini yangi sevgi munosabatlari kutadi. Oʻz merosxoʻrlarini kutayotganlarning yil oxirida orzulari ushaladi.
Ota-onangiz yoki katta yoshli qarindoshlaringizdan birining sogʻligi yomonlashib, sizning yordamingizga muhtoj boʻladi.
Buning uchun oldindan hayajonlanmasangiz ham boʻladi. Chunki hech qanday jiddiy oʻzgarishlar kutilmayapti. Muhimi, ular hozir sizning eʼtibor va mehringizga muhtoj.
Parizod /24.08-23.09/
2014-yil parizod burjidagilar hayotida katta oʻzgarishlar kutilmaydi. Lekin bir qarashda mayda tuyulgan oʻgarishlar bu burj vakillarining zerikishlariga yoʻl qoʻymaydi. Yangi tanishuvlar yuz berib, ular yangi doʻstlar orttirishadi. Oxir-oqibat ular oilaningyaqin insoniga aylanib qoladilar.
Koʻpchilik sunbulalar omma tomonidan tan olinishiga, yangi jamoalarda oʻzlarini sinab koʻrish, lider boʻlish imkoniga ega boʻladi.
Koʻplab sunbulalar kelayotgan yilda oʻz juftining yangi qirralarini kashf qiladilar.
Shunday munosabatlar yaqinlar oʻrtasida ham yuz berishi mumkin. Yaqinlar oʻrtasidagi tushunmovchiliklar martgacha davom etib, keyinchalik asta-sekin izga tusha boshlaydi. Yolgʻiz parizodlarga yulduzlar doʻstlar va tanishlar davrasidan oʻz juftlarini izlashlarini maslahat beradi.
Tarozilar /24.09-23.10/
Kelayotgan yil tarozilar hayotining turli jabhalarida oʻzgarishlarga boy boʻlishi kutilmoqda. Bu oʻzgarishlar ularning shaxsiy hayoti va ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlarda namoyon boʻladi. Yulduzlar oʻtmish yukidan xalos boʻlish, ota-ona obroʻsidan foydalanmasligini bashorat qiladi. Avgustgacha boʻlgan davrda taqdir bitiklari yanada yorqin namoyon boʻladi.
Juftliklar oʻrtasida munosabatlar yomonlashadi. Ular birga boʻlish yoki ajralish lozimligini aniqlab olishga qiynaladilar. Yulduzlar sizga bu borada sabrli boʻlish va sevimli insoningizga nisbatan muloyim boʻlishingiz lozimligini uqtirmoqda.
Chunki u haqiqatan ham sizni sevadi va munosabatlaringizni yaxshilashga astoydil harakat qilmoqda. Yilning ikkinchi yarmiga kelib vaziyat oʻzgara boshlaydi. Siz nafaqat oʻzingiz, balki juftingiz ham faollashganini koʻrasiz. Yolgʻiz tarozilar bu yil sobiq sevgilisi bilan yangi munosabatlarga kirishishga urinishi mumkin. Hayotingizdagi sobiq sevgilingiz oʻtgan xatolaridan oʻkinib, kutilmaganda Sizga alohida eʼtibor bera boshlaydi. Lekin siz hissiyotlarga berilmay, hechboʻlmaganda bir necha oy tuygʻularingizni sinab koʻrishingizga toʻgʻri keladi.
Chayon /24.10-22.11/
2014-yil chayon burji vakillari nihoyat koʻp vaqtlardan buyon olgʻa yurishlariga toʻsqinlik qilayotgan gʻovlardan qutulib, mustahkam oyoqqa turib olib, oʻzlarini kashf qiladilar.
Sizning muloqot doirangizda ham oʻzgarishlar boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Sizni bosh gʻoyalaringizdan chalgʻituvchi tanishlar oʻtmishda qolib, sizning rivojlanish darajangizga mos yangi insonlar tez orada hayotingizga kirib keladi. Bu yil yangi uy qurish istagidagi chayonlarga omadli boʻladi. Yilning ikkinchi yarmida yangi marralarga chiqish, shaxsiy ishingizni ochish, omma eʼtirofiga sazovor boʻlish va rahnamolik oʻrnini egallash imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Yil bu burj vakillarini shaxsiy hayotlarida katta oʻzgarishlar yuz bermasligidan ogoh yetmoqda. Yulduzlar sizga ortiqcha xudbinlikni namoyon qilmaslikni maslahat beradi. Juftingizning sizning gʻoyalaringizga toʻgʻri keladigan insonligini eʼtirof etgan holda, u bilan birgalikda oʻzingiz ham yaxshi tomonga oʻzgarayotganingizni, muloyim va bosiq boʻlib borayotganingizni ham eʼtiborga oling.
Oʻqotar /23.11-21.12/
Yulduzlar bu yil yoylarni syurprizlarga toʻla hayajonli damlar kutayotganidan dalolat berib turibdi. Bu oʻzgarishlar sizning hayotga va oʻzingizga boʻlgan qarashlaringizni oʻzgartirib yuborishi mumkin. Bu ayniqsa yilning birinchi yarmida yaqqol namoyon boʻladi. Ular hayot sharoiti, atrof-muhit, ish oʻrni oʻzlarining oʻsib borayotgan darajada toʻgʻri kelmay qolayotganini his qiladilar. Sizning mehnatingizga toʻlanayotgan haq kasbiy mahoratingiz darajasiga javob bermayotgani haqida oʻylab qolasiz. Ayrim burj vakillari oʻzlarida sanʼatga ishtiyoqsezadilar. Ana shunday kayfiyat bilan ayrimlar oʻzlari yoqtirmagan ishni tashlaydilar, ayrimlari esa ishga boʻlgan qiziqishini yoʻqotadilar. Yilning ikkinchi yarmida oʻzlarida dinga va falsafaga ishtiyoq hissini tuyadilar. Lekin yulduzlar bunga mukkasidan ketish tushkunlikka olib kelishi mumkinligini bashorat qilishmoqda.
Togʻ echkisi /21.12-20.01/
2014 yilning ilk damlaridanoq bu burj vakillari hayotning koʻp jabhalarida faol harakat qila boshlaydilar. Yil davomida ular yangi hayotiy hissiyotlar, yangi tanishuvlar, hammaning diqqat markazida boʻlish kabi yoqimli taassurotlar ogʻushida boʻlishadi. Doʻstona munosabatlar borasida esa ularga insonlar bilan muloqotda eʼtiborliboʻlishi tavsiya qilinadi. Umumiy qiziqishlaringiz, bir-biringizga mos keladigan yangi tanishlar orttirish uchun qulay palla. Oldinlari oʻzingizni olib qochib yurgan jamoat ishlariga qaytish ehtimoli mavjud. Ota-onangiz va boshqa yaqin qarindoshlaringiz ruhiy madadiga ehtiyoj seza boshlaysiz.
Ularda yilning ilk oylarida tushkunlikka tushish holatlari kuzatiladi. Bunga ogʻir munosabatlardan uzilib, yangi hayotni toza varaqlardan boshlay olmaslik yoki muhabbat sabab boʻlishi mumkin. Mart oyidan keyin ular yana sevimli insonlari bilan hamma jabhalarda birga boʻlish istagi bilan yona boshlaydilar. Boʻydoqlar koʻngliga yaqin insonini uchratib, u bilan mustahkam aloqa oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Qovgʻa /21.01-19.02/
Oʻzining orzu va maqsadlari yoʻlida sobitqadam Qovgʻa burjida tugʻilganlarga yil xayrli kelishi kutilmoqda. Ammo sizdan oʻta qatʼiyatlilik, mehnatsevarlik, ishonch talab qilinishini unutmang. Loyihalaringiz uchun koʻpdan kutilgan daromad manbaini topishingiz mumkin. Bu yil burj vakillariga nafaqat quvonch, balki ayrim koʻngilsizliklarni ham keltirishi mumkin. Qarindoshlar va kasbdoshlaringiz bilan muloqotda bosiq boʻling. Haddan tashqari toliqish, nutqingizga eʼtiborli boʻlish, oʻz-oʻzingizga tanqiddan toʻgʻri xulosa chiqarsangiz, yil boʻyi sizni muvaffaqiyatlar kutadi.
Yilning ilk oylaridanoq sizni kutilmagan yoqimli sevgi sarguzashtlari kutmoqda. Bu inson sizning yaqin doʻstlaringiz orasidanboʻlib, u allaqachon sizning kundalik hayotingizning bir qismiga aylangan.
Baliq /20.02-20.03/
2014-yilda baliqlarda boy ijodiy oʻsish kuzatiladi. Ular oʻzlari tanlagan sohada koʻpdan kutilgan kasbiy yutuqlarga erishishlari mumkin. Shu bilan birga siz turli davralar, oʻzga jins vakillari orasida doimo diqqat markazida boʻlasiz.
Kuz-qish oylarida yolgʻon hamda kutilmagan koʻngilsizliklardan ehtiyot boʻlish tavsiya etiladi. Eʼtiborli insonlar bilan muomalada ehtiyotkor boʻling.
Ular oʻzga jins vakillari bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishadilar. Faol maishiy hayot tufayli bu pallada siz koʻplab ixlosmandlarni atrofingizga yigʻib, bir qancha muddat eʼtibor va eʼtirofdan oʻzingizni qoʻyarga joy topaolmaysiz. Ayniqsa, bahor va yoz oyi boshlarida shaxsiy hayotingiz voqealarga boy boʻladi. Iyuldan boshlab baliqlar oʻz hayotlariga aniqlik kiritishga harakat qiladilar.
Internet materiallari asosida Zebo RAJABOVA tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶