Madaniyat
👁 968
Qilichboy Madaniyat markazida bayram tadbiri oʻtkazildi

Qilichboy Madaniyat markazida Qurolli kuchlar tashkil etilganining 27-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi. Madaniyat markazi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda Vatanni, qudratli Armiyamiz va jasur yurt himoyachilarini ulugʻlovchi qoʻshiqlar, harbiy-jangovar chiqishlar, dilrabo raqslar ijro etildi.

Bayram dasturida namoyish etilgan sahna koʻrinishlari hamda Vatan madhi tarannum etilgan qoʻshiqlar ona yurtga mehr-muhabbat, milliy armiyamizga faxr-u iftixor hislarini yanada yuksaltirdi.
Vatan himoyachilari sharaflanib, yurt madhi kuylangan tadbir ovul ahlida katta taassurot qoldirdi.

Nasiba Eshchonova,
tuman Madaniyat markazi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶