Amudaryoda 67 ming nafardan ortiq bolalar 13 xil infektsiyaga qarşi profilaktik emlanadi
Mamlakatimizda inson salomatligiga katta eʼtibor berilayotgani sababli fuqarolarimizning örtaça umr köriş davomiyligi 1990-yildagi 67 yoşdan 2017-yilda 74 yoşni taşkil etgan ekan. Bu davrda bolalar ölimi 3 barobarga kamaygan.
Bularga avvalambor tibbiyot sohasini isloh qiliş orqali fuqarolarga körsatilayotgan tibbiy yordam orqali erişilmoqda.Muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning 2018-yil 2-dekabr kuni qabul qilgan “Özbekiston Pespublikasi soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmonida mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini isloh qilişning eng muhim yönalişlari belgilab berildi.
Uşbu Farmonda tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommabopligini oşiriş, şuningdek tibbiy standartlaştiriş tizimini şakllantiriş, taşxis qöyiş va davolaşning yuqori texnologik usullarini joriy etiş, patronaj xizmati va dispanserizatsiyaning samarali modellarini yaratiş orqali soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va kasalliklarni profilaktika qiliş, tibbiy genetikani, ayollar va bolalarga şoşilinç va ixtisoslaşgan tibbiy yordamni rivojlantiriş asosida, zamonaviy skrining dasturlarini joriy etiş, “Ona va bola” hududiy köp tarmoqli tibbiyot majmualari va maʼlumotlar tizimlarini şakllantiriş asosida onalik va bolalikni muhofaza qiliş tizimini takomillaştiriş yuzasidan qator vazifalar belgilandi.
Albatta bunday vazifalar tibbiyot xodimlari zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Bu masʼuliyat esa har bir şifokordan öz vazifasiga vijdonan yondaşişni talab qiladi.
Bugungi kunda biz amudaryolik şifokorlar öz faoliyatimizni muhtaram Prezidentimizning soğliqni saqlaş yuzasidan belgilab bergan eng muhim yönalişlari böyiça taşkil etayapmiz.
Şu asosda tumanimizda 67000 nafardan ziyod bolalarga tibbiy xizmat körsatiş işlari yangi bosqiçga kötarilmoqda. 49 ta maktabgaça taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolajonlarni, maktablar, kollejlar va akademik litseyda taʼlim olayotgan bolalarni profilaktik köriklardan ötkaziş, yuqumli kasalliklarning oldini oliş maqsadida 13 turli infektsiyaga qarşi profilaktik emlaş, patronaj hamşiralar işlarini yaxşi yölga qöyiş masalalariga katta eʼtibor berilayotir.
Biz 2019-yilda ham bor kuç-ğayratimizni va tajribalarimizni yurtdoşlarimiz salomatliklarini muhofaza qilişga safarbar etamiz.
Zokir ÖPOZBOYeV, tuman tibbiyot birlaşmasi boşliğining onalik va bolalikni muhofaza qiliş böyiça örinbosari, qon banki bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶