Toshyoplik ayol-qizlar “Ayollar sport festivali” musobaqalarida gʻolib boʻldilar
Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan har oyning ikkinchi haftasida “Ayollar sport haftaligi” oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻtgan haftadagi sport haftaligi yakunidan soʻng oʻtkazilgan “Ayollar sport festivali” da ham sportning barcha turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda toshyoplik ayol-qizlar faol ishtirok etdilar. Sport haftaliklarida qizgʻin qatnashib, mahoratini oshirgan toshyoplik Dildora Kamolova stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada 1-oʻrin gʻolibligiga ega boʻldi. Shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada esa ovuldagi bilimdon shaxmatchi Hilola Bekmurodova 3-oʻrinni egalladi. Voleybol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada ishtirok etgan ovul ayol-qizlari jamoasi 4-oʻringa munosib deb topildi.
Sport festivali musobaqalarida gʻolib boʻlgan sportchi ayol-qizlar “Faxriy yorliq” lar bilan taqdirlandilar.
Gulshod Sobirova, Tuman xotin-qizlar qoʻmitasining
Tosh yop ovulidagi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶