Amudaryolik basketbolchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi kubogi sohibi boʻldi
Mamlakatimizda sportning ommaviyligiga erishish maqsadida turli musobaqalar tashkil etilib, gʻoliblar moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirib borilayapti. Bu oʻz navbatida qiziquvchilar sonining ortishiga asos boʻlayotir.
Shu yilning 17-18-noyabr kunlari tumanimizda 1999-2001-yillarda tugʻilgan bolalar oʻrtasida basketbol boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi. Musobaqada Amudaryo, Qoraoʻzak, Nukus, Toʻrtkoʻl, Chimboy tumanlari va Nukus shahri basketbolchilar jamoalari qatnashib, gʻoliblik uchun bahs olib bordilar.
Jami 72 nafar iqtidorli basketbolchilar orasida qizgʻin kechgan bellashuv natijasi tumanimiz vakillari foydasiga hal boʻldi. Yaʼni jamoa hisobida amudaryoliklar birinchi oʻrinni, chimboyliklar ikkinchi, Nukus tumani basketbolchilari esa uchinchi oʻrinni egalladilar.
Gʻoliblarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Faxriy yorliq, esdalik sovgʻalari topshirildi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶