Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş maqsadida sanitariya-tarğibot işlari olib borilmoqda
Ekologik muhitni asraş, oçiq suv manbalari, tuproq va atmosfera havosi ifloslanişining oldini oliş borasida tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan keng kölamli işlar muntazam davom ettirib borilmoqda.
Markaz tomonidan jami 768 ta obʼekt, şundan 107 tasi kommunal-gigiyena, 159 tasi sanoat korxonalari, 132 tasi bolalar va ösmirlar muassasalari, 370 tasi ovqatlaniş, oziq-ovqat işlab çiqariş va savdo dökonlari sifatida hisobga olingan. Barça obʼektlarda tegişli qoidalar asosida muntazam ravişda sanitariya nazorati ötkazib borilmoqda.
Tuman hududida 40 ta oziq-ovqat işlab çiqariş, 104 umumiy ovqatlaniş hamda 226 savdo şoxobçasi röyxatga olingan bölib, şundan 330 korxonada 2018-yil davomida tibbiy körik monitoringi ötkazilgan. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini aniqlaş maqsadida olingan 235 sinama kimyoviy körsatkiçlarga, 171 sinama, 20 surtma bakteriologik körsatkiçlarga olingan tahlil namunalari tekşirildi.
Manğit “Dehqon bozori” hududida oziq-ovqat mahsulotlari savdosi faoliyati bilan şuğullanuvçi xöjalik yurituvçi subʼektlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tibbiy körikdan ötişi taʼminlanişi yuzasidan iş reja asosida har 6 oyda bir marta tibbiy körik monitoringi ötkazilmoqda. Monitoring jarayonida aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş maqsadida ovqatdan zaharlaniş, xususan, botulizm hamda şu kabi har xil yuqumli oşqozon-içak kasalliklari kelib çiqişining oldini oliş uçun uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini sotişning taʼqiqlanişi, savdo rastalari va hududlarda sanitariya qoida va meʼyorlariga qatʼiy amal qiliş lozimligi töğrisida tuşuntiriş va sanitariya- tarğibot işlari olib borilmoqda.
Gulşod Tojiboyeva, DSENM şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶