YuKSAK QADR TOPGAN MEHNAT EʼTIROFI
Men özimning 43 yillik şifokorlik faoliyatim davomida insonlar uçun eng avvalo omonlik, salomatlik zarur ekanligini doimo his qilib kelaman.
Ha, inson uçun soğlikdan ulkan boylik yöq. Biroq buni köpçilik ana şu bebaho boyligiga putur yetganida anglaydi.
Har qanday kasallikning, ayniqsa, yuqumli kasalliklarning bartaraf etilişi maʼlum muddatlarni talab etadi. Şuning uçun ham baʼzi bemorlarimiz bölimimizga qabul qilingan kunidanoq “nega tuzalmayapman?” deb söray boşlaşadi. Baʼzilari esa davolaniş muddatiga amal qilmaydi va uyiga borib uç-tört kundan kasali qaytalanib, qaytib keladi.
Men 1975-yilda Örta Osiyo Tibbiyot pediatriya institutini tugatib, şifokorlik faoliyatimni boşlagan bölsam, şu davrdan hozirgi kungaça bemorlarni davolaş jarayonida ularga kasallikdan saqlaniş, soğlom yaşaş sirlarini tuşuntirib kelaman.
Tuman markaziy şifoxonasining men rahbarlik qilayotgan yuqumli kasalliklar bölimi 30-öringa möljallangan bölib, maxsus qurilgan yangi binoda faoliyat olib bormoqda.
Bölimimiz qattiq va yumşoq jihozlar, zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlangan, karavotoldi monitori, pulsaksometr, oftomalaskop, laringoskop bemorlarga sifatli tibbiy xizmat körsatilişiga xizmat qiladi.
Yilimizning ötgan 10 oyi mobaynida bölimimizda ikki yarim mingdan ortiq bemorlar davolanib, soğliklarini tiklab, oilasiga qaytdilar. Bu bizning imkoniyatimizdan deyarli ikki baravardan ziyodni taşkil etadi. Şuning öziyoq bölimimiz tibbiyot xodimlarining öz kasbini qançalik fidoyilik bilan ado etayotganini körsatadi. Dilfuza Jumaniyozova, Muyassar Maşaripova, Omonjon Ibrohimova, Roza Şukurullayeva, Dilşoda Norimbetovalar kabi hamşiralarimizning xizmatlari har qança tahsinga loyiq.
Mamlakatimizda xalqimizning dardiga darmon bölayotgan tibbiyot xodimlarining mehnati yuksak qadrlanib, noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi Tibbiyot xodimlari kuni deya belgilangani bizning mehnatimizning eʼtirofi deb bilaman va barça kasbdoşlarimni anʼanaviy bayram bilan qutlayman.
Ozod QURBONBOYeV, tuman Markaziy şifoxonasi
yuqumli kasalliklar bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶