SPORT – JISMONIY VA MAʼNAVIY ÇINIQIŞ MAKTABIDIR
Ötgan bir hafta, yaʼni 23-27-oktyabr kunlari bizning 40-sonli umumtaʼlim maktabimiz öquvçilari uçun qiziqarli taassurotlarga boy ötdi. Çunki tumanimiz miqyosida bölib ötayotgan sport haftaligida faol iştirok etdik.
Sport haftaligining ilk musobaqalarini biz 31-sonli maktabda boşladik. Bu yerda hududlardan kelgan 8 ta umumtaʼlim maktablarining qiz bolalar voleybol jamoalari örtasida döstlik uçraşuvlari, qizğin bellaşuvlar ötkazildi. Garçi bizning qizlar jamoamiz ğoliblikka erişa olmasa-da, xafa bölmadik. Çunki sport haftalagining birinçi kunida maktabimizning öğil bolalar jamoasi muvaffaqiyatli iştirok etişdi. 23-oktyabr kuni esa basketbol böyiça ötkazilgan musobaqalarda 32-sonli maktab jamoasi 1-örinni, 22-maktab jamoasi 2-örinni egallaşdi. Bizning 40-sonli maktab jamoasiga 3-örin nasib etdi.
25-oktyabr kuni bölib ötgan sport musobaqalari yanada qiziqarli böldi. Amudaryo akademik litseyi sport maydonida ötkazilgan musobaqalarda maktabimiz gandbolçilari yana 3-örinni egallaşdi. 41-sonli maktab gandbolçilar jamoasi 1-örin, 38-maktab yoş gandbolçilari 2-örin sohiblari bölişdi.
Garçi biz bölib ötgan sport haftaligi musobaqalarida birinçi örinni egallamasak-da, bu musobaqalardan olam-olam taassurotlar oldik. Tumanimizning turli hududlaridan kelgan tengdoşlarimiz bilan tanişib, döstlaşdik.
Kelgusi sport musobaqalari uçun tajriba orttirdik, sportga oşnolik biz uçun nafaqat jismoniy, balki maʼnaviy çiniqiş maktabi ekanligini his etdik.
Şohida JUMABOYeVA, 40-maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶