Sport musobaqalarining “Mahalla haftaligi” ötkazildi (+video)
15-20-oktyabr kunlarida tumanimizda sport musobaqalarining “Mahalla haftaligi” ötkazildi. Aytiş kerakki, aholi, ayniqsa yoş avlodni milliy va ommaviy sport turlariga keng jalb etiş, ularni jismonan baquvvat, mustahkam irodali, tafakkuri yetuk va maʼnan barkamol qilib tarbiyalaş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş hamda yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida mahalla tizimida qator işlar amalga oşirilmoqda. Ana şu işlarning mantiqiy davomi sifatida taşkil qilingan haftalik doirasida 15-oktyabr kuni Amudaryo akademik litseyida Boy ovul, Qizilçoli, Arna böyi va Farovon mahallalari voleybolçilarining, Olmazor mahallasidagi Markaziy öyingohda Xolimbeg, Çoyköl, Oq oltin ovullari va Daryo böyi mahallasi futbolçilarining, 16-oktyabr kuni şu öyingohda Tölqin, Kuyuk köpir ovullari va Döstlik, Ayoqçi, Xizr eli, Durunki, Bosuv va Özbekiston mahallalari şaxmat hamda şaşkaçilarining musobaqasi ötkazildi.
17-oktyabr kuni Döstlik mahallasi hududidagi öyingohda Amir Temur, Qipçoq, Bobur ovullari va Gulzor, Namuna, Uyşin, Yangiobod, Qoramon mahallalari yoşlari yengil atletika böyiça, 18-oktyabr kuni şu öyingohda Qangli, Xitoy ovullari va Beruniy, Çordara, Yuqori qişloq, Tor yop, Qum yop va Beşovul mahallalari yoşlari kuraş böyiça, 19-oktyabr kuni Çordara mahallasidagi sport maktabida Qiliçboy, Bözyop ovullari va Böz solma, Navoiy, Böston, Beştom, Boğ mahallalari va Jumurtov şaharçasi yoşlari stol tennisi böyiça bellaşdilar.
Qizğin keçgan bellaşuvlar aholining sportga bölgan qiziqişini yanada oşirdi. 20-oktyabr kuni esa Amudaryo akademik litseyida “Ota-onam va men – sportçi oila” musobaqasi ötkazilib, unda Örta qalʼa, Toş yop, Dörman ovullari, Olmazor, Oybek, Jumurovul, Toşqalʼa mahallalari va Qipçoq şaharçasi sportçi oilalari iştirok etdilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶