Salomatlik haqida suhbat
Shu yilning 10-oktyabrida tuman koʻptarmoqli markaziy poliklinikasi Salomatlik boʻlinmasi tashabbusi bilan 22-son oʻrta maktabda “Salomatlik saboqlari” nomli davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida maktab oʻqituvchilari, yuqori sinflar oʻquvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda Salomatlik boʻlinmasi shifokori T.Saidova “Sogʻlom ovqatlanishning ahamiyati”, tuman Tibbiyot birlashmasi bolalar jonlantirish boʻlimi mudiri E.Xidirov “Tugʻma va irsiy kasallliklar va uni davolash yoʻllari”, akusher-ginekolog shifokor H.Toʻrayeva “Qizlar reproduktiv salomatligi” mavzularida maʼruza qildilar.
Zamonaviy tibbiyotning aniqlashicha, inson sogʻlom va baxtiyor yashashi koʻp jihatdan oʻziga bogʻliq. Har kimning sogʻlom yashash tarziga intilishi, tibbiy madaniyatining yuqoriligi bunda muhim oʻrin tutadi.
Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, oʻtkazilgan “Salomatlik saboqlari” deb nomlangan davra suhbati muhim ahamiyatga egadir.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶