Xotin-qizlar sport haftaligi davom etmoqda
Özbekiston Respublikasi Prezidenti boşçiligida joriy yilning 20-sentyabr kuni bölib ötgan “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantiriş böyiça istiqboldagi muhim vazifalar töğrisida”gi majlis bayoni va kalendar rejasi ijrosini taʼminlaş, aholi, ayniqsa xotin-qizlar örtasida sportni ommalaştiriş va soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş maqsadida 8-13-oktyabr kunlari mamlakatimiz böylab “Xotin-qizlar sport haftaligi” ötkazilmoqda.
Haftalik doirasida korxonalar, taʼlim muassasalari, istirohat boğlarida ommaviy badantarbiya va gimnastika maşğulotlari ötkazilmoqda, bunday maşqlarning inson salomatligi uçun foydaliligi tarğib qilinmoqda.
Amudaryo tumanida ham sport haftaligi doirasida qator tadbirlar ötkazilmoqda. Duşanba kuni 27 ming nafardan ortiq, seşanba kuni 30 ming nafardan ortiq xotin-qizlar iştirokida mahallalar, taʼlim muassasalari, kasb hunar kollejlari va istirohat boğlarida ommaviy tarzda badantarbiya maşqlari bölib ötmoqda.
Şuningdek, xotin-qizlar örtasida turli xil sport tadbirlari ötkazilmoqda. 8-oktyabr kuni voleybol böyiça ötkazilgan musobaqalarda 187 nafar iştirokçilar, şundan 67 nafari uyuşmagan ayollar, 9-oktyabr kuni ötkazilgan velopoyga musobaqalarida 77 nafar ayol-qizlar şundan 6 nafari uyuşmagan ayollar qatnaşdilar.
10-oktyabr kuni erta tongdan boşlab 4 ta joyda ommaviy badantarbiya va gimnastika maşğulotlari ötkazldi. Şu kuni tumanimiz ayollari sportning stol tennisi turi böyiça ham kuç sinaşdilar.
Bugun - 11-oktyabr kuni erta tongdan boşlangan badantarbiya maşğulotlari 11-oktyabr - Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan taşkil qilingan tadbirlarga ulanib ketdi.
Sport tadbirlari davom etmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶