YoShLAR ShIJOATI AKS ETGAN MARAFON
8-sentyabr kuni Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi bayramiga bagʻishlangan “Mustaqillik marafoni” oʻtkazildi.
Yoshlarni amaliy sport musobaqalarga keng jalb etish orqali ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, oʻzaro madaniy-sport aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda yoshlarni sport oʻyinlariga ommaviy tarzda jalb qilish, jismoniy tarbiya va sportni yoshlarning kundalik turmush hayotiga muhim vazifa sifatida kiritish, sogʻlom turmush tarziga rioya qiladigan vatanparvar, masʼuliyatli va barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida oʻtkazilgan ushbu marafonda tuman mahallalaridagi uyushmagan yoshlardan va taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 16 dan 30 yoshgacha boʻlgan yigit qizlardan 720 nafari ishtirok etishdi.
Marafonda ishtirok etgan amudaryolik yoshlar oʻzlarining epchilligi, shijoat va sportga boʻlgan ixloslarini yana bir bor namoyish etdilar.
Marafon yakunida hr bir masofa boʻyicha oʻz yosh guruhida 1-, 2- va 3-oʻrinni egallagan yigit-qizlar marafon tashkiliy qoʻmitasi tomonidan fahriy yorliq va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶