AHOLI SALOMATLIGINI SAQLAShGA JIDDIY EʼTIBOR BERILAYaPTI
Amudaryo tumanining Xitoy ovulidagi 6-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi ayni kunda 2 ta ovul va 2 ta mahalla aholisiga namunali tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.
Jami 2943 ta xonadonda istiqomat qilayotgan 17945 nafar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishga moʻljallangan ushbu oilaviy poliklinikada 9 nafar umumiy amaliyot shifokori, 18 nafar patranom-hamshiralar va 3 nafar tor mutaxassis faoliyat koʻrsatishayapti.
Oilaviy poliklinikada faoliyat koʻrsatayotgan tibbiyot xodimlari uyma-uy kirishib, kasalliklarni erta aniqlash, xomilador ayollarni nazorat qilish, nogironlarni koʻrikdan oʻtkazish va ularga yordamlar koʻrsatish kabi muhim ishlarni oʻz vaqtida amalga oshirilayapti.
Oilaviy poliklinika xodimlari ayollar oʻrtasida erta tugʻruqning oldini olish va tugʻruqlar oraligʻiga eʼtiborni kuchaytirish borasida suhbatlar oʻtkazilayapti. Shuningdek, ular tomonidan OITS va boshqada yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha oʻtkazilayotgan tushuntirish ishlari ham yaxshi natijalarni berayapti.
Hududda ayniqsa sil kasalliklari boʻyicha olib borilayotgan profilaktik ishlar, shuningdek ankologik kasalliklarni erta aniqlash borasidagi saʼy-harakatlar diqqatga sazovor boʻlayapti.
Hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan Xosiyat Xudoyberganova, Omon Yeluboyev, Oybek Allamberganov va Sayyora Rajabovalar singari umumiy amaliyot shifokorlari oʻzlarining fidokorona mehnatlari bilan el olqishiga sazovor boʻlmoqdalar.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶