QURUVÇILAR KUNI NIŞONLANDI
Istiqlol şarofati bilan yurtimiz yanada körkamlaşdi. Bepoyon dalalarda jannatmakon boğlar yaratilib, şahar va qişloqlarda körkam binolar qad rostladi. Mana şu barpo etilayotgan körkam bino va inşootlar diyorimiz qiyofasini özgartirib, körkiga körk qöşmoqda.
Mamlakatimizning yanada obod bölişi yölida fidokorona mehnat qilib kelayotgan quriliş sohasi xodimlarining bu boradagi xizmatlari beqiyos, desak aslo mubolağa bölmaydi.
Yurtimizning yanada fayzli va gözal maskanga aylanişida quriliş sohasi xodimlarining ham munosib hissalari bor. Davlatimiz rahbari Ş.Mirziyoyev ham soha xodimlariga yöllagan tabrigida “Biz sizlarning timsolingizda mehnati bilan şahar va qişloqlarimizda, butun yurtimizda yangi işlab çiqariş korxonalari, muhim ijtimoiy obʼektlar, muhtaşam uy-joylar, yöl va köpriklar barpo etib, hayotimizni yanada obod, gözal va tarovatli etiş yölida fidokorona mehnat qilib kelayotgan olijanob kasb egalarini köramiz”, deya alohida eʼtibor qaratganlari bejiz emas.
Tumanimizda ham aholi uçun uy-joylar, taʼlim va tarbiya maskanlari, maişiy xizmat körsatiş obʼektlari, yöllar qurilib, taʼmirlanmoqda. Joriy yilda tumanimizda iş olib borayotgan quriliş taşkilotlaridan “Amudaryo maxsus quriliş”, “Jumurtov tex Taʼmir Servis”, “Manğit Invest Maksimum”, “Quriliş xizmat”, “Amudaryo SKB”, “Manğit ideal quriliş” kabi quriliş taşkilotlari tomonidan köp qavatli uy-joylar, maktab va maktabgaça taʼlim muassasalari, suv inşootlari hamda yöllar qayta taʼmirlanib, rekonstruktsiya işlari olib borildi. Şuningdek, Nazarxon ovuli va Qipçoq şaharçalari olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik işlari natijasida obod va körkam göşaga aylanmoqda.
Tumandagi ulkan bunyodkorlik işlarida hissa qöşib kelayotgan soha xodimlari Prezidentimiz taşabbusi bilan belgilangan quruvçilar kunini kötarinki kayfiyat bilan nişonladilar.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶