TADBIRKORLAR UÇUN TARĞIBOT TADBIRI ÖTKAZILDI
Yurtimizda töğridan-töğri investitsiyalarni jalb etiş uçun qulay muhitni yaratiş maqsadida iqtisodiyotni liberallaştiriş, tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga asossiz aralaşuvlarga barham beriş, litsenziyalaş tartib-taomillarini soddalaştiriş kabi köpgina çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Ş.Mirziyoyevning şu yil 1-avgustda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni endilikda bu borada olib borilayotgan işlarni yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladi.
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxşilaş, töğridan-töğri investitsiyalarni jalb etilişini rağbatlantiriş, investorlarning bu boradagi davlat siyosatining izçilligiga bölgan işonçini mustahkamlaş va investorlar bilan işlaşda davlat tuzilmalarining masʼuliyatini oşirişga xizmat qiluvçi Farmon mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subʼektlariga, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş istagidagi fuqarolarga tuşuntiriş juda muhimdir.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, tuman Adliya bölimlari masʼul xodimlari zimmasiga Farmon ahamiyati va maqsadlarini manzilli tarğib qiliş borasida ulkan vazifalar yuklandi.
Tuman Adliya bölimi mazkur vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan çora-tadbirlar rejasini belgiladi. Şunga muvofiq joriy yilning 10-avgustida tuman hokimligida mazkur Farmon mohiyatini tarğib etişga bağişlangan uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda tadbirkorlar, hokimlik masʼul xodimlari iştirok etdilar.
Tuman Adliya bölimi boşliği M.Matyusupov, tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va kiçik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantiriş böyiça örinbosari R.Salayevlar Farmonga muvofiq tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida keng tuşuntirdilar, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berdilar.
Uçraşuv iştirokçilari yaratilayotgan imkoniyatlar iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanişi uçun asos bölib xizmat qilişini taʼkidladilar.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶