21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:27
Siyosat 👁 3,262

Oʻzbekiston paxtakorlari va barcha mehnatkashlariga

Oʻzbekiston paxtakorlari va barcha mehnatkashlariga

Aziz doʻstlar!

Bugun qishloq xoʻjaligi sohasida, qolaversa, butun yurtimiz hayotida quvonchli bir voqea, yaʼni, mamlakatimiz paxtakorlari 3 million 350 ming tonnadan ziyod xirmon bunyod etib, katta mehnat gʻalabasiga erishdilar. Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida, iqtisodiyotimizni barqaror surʼatlar bilan rivojlantirishda, xalqimizning hayotini yanada farovon va obod qilishda, haqiqatan ham, katta hissa boʻlgan bu ulkan yutuq bilan avvalambor paxtakorlarimizni, barcha qishloq xoʻjaligi mehnatkashlarini chin qalbimdan samimiy muborakbod etishdan xursandman.

Bu yuksak marra paxtachilik ishiga oʻz hayotini bagʻishlagan, oʻz kasbining ustasi va fidoyisi boʻlgan dehqon va fermerlarimizning, ushbu sohaga daxldor olim va mutaxassislarning oʻta murakkab va mashaqqatli mehnati natijasi, tom maʼnoda mardlik va matonat namunasi ekanini xalqimiz yaxshi biladi va yuksak baholaydi.

Paxtani oʻstirish, uni parvarish qilish, moʻl hosil yetishtirish bilan tanish boʻlgan har qaysi odam bu ish naqadar ogʻir mehnat talab qilishini, buning uchun yil davomida, birinchi navbatda, yer va urugʻ tayyorlash, kunni – kun, tunni – tun demasdan, har tup koʻchat ustida parvona boʻlish, shuningdek, ob-havo injiqliklari, kasallik va zararkunandalar yetkazadigan ziyonlar va boshqa turli muammolarni bartaraf etish – bularga faqat irodasi mustahkam, oʻz kasbi va mehnatini sevgan insonlargina qodir ekanini anglaydi, tushunadi.

Bu yilgi mavsumni oladigan boʻlsak, aprel oyida havo haroratining meʼyordan sezilarli darajada past boʻlgani, surunkali yomgʻir va jala tufayli chigit ekish 5-7 kunga kechikib ketgani, may oyida 20-25 kun davomida tuproqda namlik miqdori ortib, chigitning unib chiqishi va gʻoʻza rivojini deyarli toʻxtatib qoʻyganini hammamiz yaxshi eslaymiz. Iyul-avgust oylarida esa harorat odatdagidan 8-10 daraja yuqori boʻlgani, janubiy viloyatlarimizda jazirama issiq 45-50 darajaga yetgani, koʻzni ochirmaydigan garmsel, kuchli shamol va boʻronlar kuzatilgani, turli zararkunanda va kasalliklar koʻpaygani, tabiiyki, gʻoʻza rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatib, hosil taqdirini xavf ostida qoldirdi.

Shularning barchasini hisobga olgan holda, paxtakorlarimizning bu yilgi mavsumda, ana shunday keskin va murakkab vaziyatda erishgan yuksak marra va natijalarining ahamiyati va qadr-qimmati yanada ortadi va har qancha tahsin va tasannolarga arziydi, albatta.

Shu borada beixtiyor odamning xayoliga keladigan bir fikrni aytib oʻtishni oʻrinli, deb bilaman. Paxta azal-azaldan oqlik, oq rangning timsoli sifatida eʼtirof etiladi. Oq paxtani faqat oqkoʻngil odamlargina yetishtiradi. Taʼbir joiz boʻlsa, paxta nafaqat oq rangning ramzi, balki fidokorona mehnatning mahsuli desak, hech qanday mubolagʻa boʻlmaydi.

Qadrli yurtdoshlar!

Hech kimga sir emas, dehqonchilikda, ayniqsa, bizning Oʻzbekiston sharoitida tuprogʻimiz, yerimiz sifatini inobatga oladigan boʻlsak, har qanday hosilning eng katta, hal qiluvchi omili – bu ekin maydonlarining meliorativ holatidir. Keyingi besh yil mobaynida maxsus davlat dasturi asosida mamlakatimiz boʻyicha salkam 1 trillion soʻm mablagʻ sarflanib, 1 million 460 ming gektar sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilangani qishloq xoʻjaligi sohasida moʻl hosil yetishtirish, jumladan, oʻtgan shu davrda paxtachilikda hosildorlikni 24 tsentnerdan 26,4 tsentnerga yetkazish uchun zamin yaratib berdi.

Mustaqillik yillarida har bir hududning tuproq va iqlim sharoitiga mos, ertapishar va serhosil gʻoʻza navlarini yaratish, selektsioner olimlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha olib borayotgan keng koʻlamli ishlarimiz tufayli oʻnlab istiqbolli yangi navlar yaratilib, amalda joriy etilgani soha rivojida salmoqli qadam boʻlganini qayd etish zarur.

Bu yilgi mavsumda vujudga kelgan murakkab muammo va qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun har qachongidan ham koʻproq kuch va imkoniyatlarni safarbar etishga toʻgʻri keldi. Buning tasdigʻini avvalo omilkor dehqonlarimizning intensiv agrotexnologiyalarni samarali qoʻllagani, gʻoʻza qator oralari har yilgidan 3-4-marta koʻp, oʻrtacha 7-marta kultivatsiya qilingani, sugʻorish ishlari sharbat usulida olib borilib, gektariga 10 tonnadan, jami 10 million tonnadan ortiq mahalliy oʻgʻit berilgani misolida koʻrish mumkin.

Shular qatorida keyingi yillarda shakllangan samarali tizim asosida fermer xoʻjaliklari imtiyozli kreditlar va texnika bilan taʼminlangani, zarur urugʻlik, mahalliy va mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallari bevosita dalaning oʻziga yetkazib berilgani, yigʻim-terim jarayoni uyushqoqlik bilan tashkil etilgani yetishtirilgan moʻl hosilni yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmasdan, uning 90 foizdan ortigʻini yuqori sortlarga topshirish imkonini berdi.

Ayniqsa, defoliatsiya ishlari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilgani, keyingi yillarda bu agrotexnik tadbirning naqadar muhim ekanini fermerlarimiz chuqur anglab yetgani va bu boradagi ishlar tizimli ravishda olib borilayotgani gʻoʻza rivojida birmuncha kechikish kuzatilgan joriy yilda oʻzining aniq samarasini koʻrsatdi.

Eng muhimi, inson omiliga katta eʼtibor berilayotgani, qishloq ahlining oʻz mehnatidan manfaatdorligi, oʻz yeriga egalik va masʼuliyat hissi, ertangi kunga boʻlgan ishonchi, daxldorlik tuygʻusi tobora ortib, ongu tafakkuri yuksalib borayotgani bu borada hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi, desam, oʻylaymanki, sizlar ham bu fikrga qoʻshilasiz.

Ishni oqilona va samarali tashkil etib, oʻz shartnoma majburiyatlarini birinchilardan boʻlib ado etgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Andijon, Fargʻona, Buxoro viloyatlari, barcha viloyatlarimiz mehnatkashlari mamlakatimizning yuksak paxta xirmoniga munosib hissa qoʻshganini minnatdorlik bilan taʼkidlashni istardim.

Ayniqsa, Amudaryo, Ellikqalʼa, Shahrixon, Toshloq, Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Vobkent, Qarshi, Navbahor, Uychi, Pop, Narpay, Sherobod, Qumqoʻrgʻon, Boʻka, Gurlan tumanlari dehqon va fermerlari belgilangan rejani 20-25 ish kunida bajarib, koʻpchilikka oʻrnak va namuna boʻldilar.

Yurtimizdagi minglab ilgʻor fermer xoʻjaliklari qatorida Qamashi tumanidagi "Ashur ota”, Muborak tumanidagi "Olam”, Navbahor tumanidagi "Martabali”, Namangan tumanidagi "Oltin zamin iftixori”, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi "Hosil”, Paxtachi tumanidagi "Umida Sharipova”, Sirdaryo tumanidagi "Adolat momo”, Rishton tumanidagi "Gulobod yurt”, Amudaryo tumanidagi "Ulugʻbek Oʻrozboyev”, Ellikqalʼa tumanidagi "Roʻzimboy bobo”, Oltinkoʻl tumanidagi "Nur-ziyo koʻzi” singari fermer xoʻjaliklari hosildorlikni gektaridan 45-60 tsentnerga yetkazib, fermerlik harakatining katta imkoniyatlarini, oʻzbek dehqoni qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor isbotlab berdilar.

Ayni vaqtda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning tadrijiy mantiqi, hayotning oʻzi fermerlik harakatini yangi, yuksak bosqichga koʻtarishni taqozo etayotganini hammamiz yaxshi tushunamiz.

Bu borada soha rivoji uchun yangi imkoniyatlar tugʻdirib berish, uning samaradorligini oshirish, yerni tom maʼnoda haqiqiy egasiga topshirish, agrar sohada oʻziga xos maktab yaratgan ilgʻor fermerlarning ish tajribasini yoshlarga oʻrgatish, zamonaviy bilim va malakaga ega boʻlgan yangi fermerlar avlodini tarbiyalash kabi oʻta muhim vazifalar eʼtiborimiz markazida turishi zarur.

Hurmatli yurtdoshlar!

Hammamiz yaxshi tushunamizki, qishloq xoʻjaligi sohasidagi barcha saʼy-harakatlarimizning pirovard natijasi dehqonlarimizning oʻz mehnatidan munosib daromad olishi, aholimizning hayot sifati va darajasini oshirishdek ezgu maqsad bilan chambarchas bogʻliqdir.

Shu maʼnoda, mustaqillik yillarida mamlakatimizda paxta tolasini yuksak texnologiyalar asosida qayta ishlash, uni qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan mahsulot sifatida eksport qilish hajmi ortib borayotgani diqqatga sazovordir.

Agar 90-yillarda yurtimizda yetishtirilgan jami paxta tolasining atigi 7 foizi oʻzimizda qayta ishlangan boʻlsa, oʻtgan davr mobaynida bu raqam qariyb 6 barobar ortib, hozirgi vaqtda salkam 40 foizni tashkil etmoqda. Bu oʻz navbatida oldimizda turgan turli muammolarni yechish, ming-minglab yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni zamonaviy ish joylari bilan taʼminlash, aholining daromad manbalarini koʻpaytirish imkonini berayotganini, oʻylaymanki, tushunish qiyin emas.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra bu yil paxtachilikdan olinadigan yalpi daromad oʻrtacha 3 trillion 100 milliard soʻmdan ziyod yoki oʻtgan yilga nisbatan 23 foiz koʻp boʻlishi kutilayotgani dehqon va fermerlarimizning oʻz mehnatidan manfaatdorligini kuchaytirish, "Obod turmush yili” Davlat dasturi va boshqa umummilliy dasturlarimiz doirasida belgilab olgan vazifalarimizni amalga oshirishga xizmat qilishi bilan ayniqsa eʼtiborlidir.

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Bugungi xursandchilik kunda siz, fidoyi dehqon va fermerlarni, suvchi va mexanizatorlarni, agronom va selektsionerlarni, mutaxassis va mutasaddilarni, Oʻzbekistonimizning yuksak paxta xirmoniga munosib hissa qoʻshgan barcha insonlarni bagʻrimga bosib, yana bir bor tabriklar ekanman, sizlarga qalbimda, yuragimda boʻlgan hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Mana shunday shukuhli damlarda bizdan marhamatini darigʻ tutmasdan, oʻz panohida asrab kelayotgani, doimo yoʻlimizni ochib berayotgani uchun Yaratganimizga shukronalar aytishimiz ham qarz, ham farz deb bilaman.

El-yurtimizdan, xonadonlarimizdan fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin! Osmonimiz hamisha musaffo boʻlsin!

Halol mehnatingizning rohatini koʻring, hech qachon kam boʻlmang, azizlarim, qadrdonlarim!

Islom Karimov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026