“YoZGI TAʼTILNI SPORT BILAN OʻTKAZAMIZ!”
Maktab oʻquvchilarining taʼtil kunlari maroqli oʻtishini taʼminlash maqsadida tuman xalq taʼlimi boʻlimi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining tuman hududiy boʻlinmasi tomonidan “Yozgi taʼtilni sport bilan oʻtkazamiz” shiori ostida turli sport musobaqalari tashkillashtirildi.
18-28-iyul kunlarida “Yoz-2018” sport musobaqalarining tuman bosqichi oʻtkazildi. Unda sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika, kurash, shaxmat va shashka turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarning hududiy bosqichi gʻolibi boʻlgan 2 mingdan ziyod yosh sportchilar oʻzaro kuch sinashdilar.
Tumanning 7 ta hududi va Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida 1-4-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda yengil atletika boʻyicha Shahzodbek Shomurodov, Charos Norimmatova, Dilshodbek Davlatov, Eʼtibor Ismoilovalar, mini futbol boʻyicha 71-maktab oʻquvchilari jamoasi, shaxmat boʻyicha Sardor Qurboniyozov, Xolida Otajonovalar, shashka boʻyicha Kamoladdin Bahodirov, Anorgul Gaipovalar 1-oʻrin qoʻlga kiritdilar. Shuningdek, 5-10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida futbol, basketbol, voleybol, yengil atletika, kurash, shaxmat va shashka sport turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda ham gʻoliblar aniqlandi.
“Yozgi taʼtilni sport bilan oʻtkazamiz” shiori ostida maktab oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan sport musobaqalarining tuman bosqichida gʻolib boʻlgan 760 nafar yosh sportchilar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
7-10-sinf oʻquvchilari oʻrtasidagi musobaqalarning gʻoliblariga esa musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma berildi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶