AHOLI SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh – MUHIM MASALA
13-iyul kuni Kuyuk koʻpir ovul fuqarolar yigʻinida ovul faollari va tibbiyot xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, unda ovul aholisining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligini muhofaza qilish mavzusidagi masala muhokama etildi.
Yigʻilishda ovul fuqarolar yigʻini raisi P.Yerlapasov, ovuldagi qishloq oilaviy poliklinikasi shifokorlari I.Nurmanov, B.Eshmuratov, T.Atajanov, S.Allambergenova va U.Oʻrinboyevlar soʻzga chiqishib, aholi salomatligini muhofaza qilish yuzasidan ovul hududida amalga oshirilayotgan ishlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar ovulda onalar va bolalar salomatligini yanada yaxshilash, ovul yoshlari oʻrtasida chekishning va spirtli ichimliklar isteʼmol qilishning zararli oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini yanada koʻproq olib borish lozimligi haqida gapirdilar.
Ovul faollaridan boʻlgan Q.Soburov oʻz soʻzida ovul yoshlari oʻrtasida giyohvandlikning, qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish yuzasidan oʻtkazilayotgan suhbatlarning tarbiyaviy ahamiyati katta boʻlayotgani haqida gapirdi va har haftaning shanba kunida ovul markazida oʻtkazilayotgan “Sihat- salomatlik kuni”ning taʼsirchanligini yanada oshirish yuzasidan oʻz taklifini bildirdi.
Yigʻilishda muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶