Iqtisodiyot
👁 1,465
Amudaryoda yangi gʻisht zavodi ishga tushirildi
12-iyul kuni Amudaryo tumanining Bosuv mahallasi hududida “Amudaryo qishloq qurilish servis” MChJga qarashli yangi gʻisht zavodi ishga tushirildi.
Tadbirkor K.Atajanov tomonidan qurilgan ushbu zavod toʻla quvvatda ishlasa, sutkasiga 45-50 ming dona xom gʻisht ishlab chiqarishga moʻljallangan. Tadbirkor zavod qoshida keyinchalik pishiq gʻisht ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni ham rejalashtirmoqda.
Mazkur obʼektning qurilishiga 3 mlrd soʻm miqdorida bank krediti va tadbirkorning 150 mln soʻm oʻz mablagʻi sarflandi.
Endilikda ushbu zavod oʻz mahsulotlarini tumandagi yirik qurilish obʼektlari hamda aholiga arzon narxlarda yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶