QILIÇBOYDAGI MADANIYaT UYI BINOSI SALKAM 1,5 MLRD. SÖMGA TAʼMIRLANMOQDA
Madaniyat va aholi dam oliş markazlarida maʼnaviy-maʼrifiy, köngiloçar tadbirlar taşkil etilib, aholining madaniy xordiq çiqarişiga xizmat körsatilmoqda. Xalqimizning madaniy hayotida alohida ahamiyat kasb etib kelayotgan madaniyat markazlarida zamon talablari asosida iş olib borilib, aholiga yuqori saviyada xizmat körsatişga harakat qilinmoqda.
Qiliçboy ovulidagi Madaniyat va aholi dam oliş markazida talab darajasida xizmat körsatişni yölga qöyiş maqsadida binoda rekonstruktsiya işlari boşlab yuborildi. Smeta loyihasida belgilangan 1 mlrd. 450 mln. sömlik taʼmirlaş işlari tumandagi “Temirbeton” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan amalga oşirilmoqda. Bugungi kunga qadar 30 nafar tomonidan işçi binoda deraza va eşiklarni, şiftni almaştiriş, tomni şiferlaş, devorlarni suvoqdan çiqariş kabi işlar bajarilib yakuniga yetkazildi. Markazdagi 150-örinli tomoşa zali 250-öringa moslaştirildi va zamonaviy körinişga keltirildi. Ayni paytda binoning taşqi bezak işlari bajarilmoqda.
Qiliçboy Madaniyat va aholi dam oliş markazi binosida quriliş işlari tez va sifatli amalga oşirilmoqda. Bino aholiga mustaqilligimizning 27 yillik bayrami arafasida foydalanişga topşirilişi möljallanmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶