Amudaryoda yoşlar kuni munosabati bilan velomarafon taşkil qilindi (+video)
Özbekiston Yoşlar Ittifoqi taşkil topgan kunni munosib nişonlaş maqsadida tumanimizda yoşlar örtasida turli tadbirlar va tanlovlar taşkil qilinmoqda.
27-iyun kuni erta tongda “Biz soğlom turmuş tarafdorimiz” şiori ostida tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi, özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş tuman Kengaşi hamda Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan taşkillaştirilgan yoşlar velomarafoni ötkazildi. Velomarafonda tumandagi umumtaʼlim va örta maxsus taʼlim muassasalari öquvçilari, 30 yoşgaça bölgan uyuşmagan yoşlar iştirok etdi.
“Vaxum” aholi punktidan tuman hokimligi binosigaça bölgan masofada ötkazilgan marafonda iştirok etgan yoş sportçilar velosipedlarni mohirona va epçillik bilan boşqarib, bir-biridan ötişga harakat qildilar. Barça sportçilarni ortda qoldirib, birinçilardan bölib marraga yetib kelgan Amudaryo qişloq xöjaligi kasb-hunar kolleji öquvçisi Ravşanbek Qurbonboyev 1-örin, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi Javlon Olimov 2-örin, 12-maktab öquvçisi Mahkambek Olimov 3-örin ğoliblari bölişga erişdilar.
“Biz – soğlom turmuş tarafdorimiz” şiori ostida ötkazilgan velomarafon ğoliblari 30-iyunda Yoşlar kuni munosabati bilan ötkaziladigan katta tadbirda taqdirlanadilar.
Velomarafon qizğin va kötarinki kayfiyatda bölib ötdi.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶