Marafon yugurish boʻyicha gʻoliblarni aniqladi (+video)



27-iyun kuni erta tongda tumanimizning Vaxum aholi punkti odamlar bilan gavjum boʻldi. Barcha bir-birini 30-iyun – Yoshlar kuni bilan qutlamoqda. Bayram munosabati bilan oʻtkaziladigan ilk tadbir – tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi, tuman Ichki ishlar boʻlimi, tuman Tibbiyot birlashmasi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida tashkillashtirilgan “Youth Day” deb nomlangan yugurish boʻyicha marafon aynan shu hududdan tuman hokimligi binosigacha boʻlgan oraliqda oʻtkazildi.
Marafonda tumanimizning barcha hududlaridan 100 nafardan ziyod sportsevar, olovqalb yoshlar ishtirok etishdi. Musobaqaga start berilishi bilan ular keng va ravon yoʻl boʻylab gʻoliblik uchun intilib, bor kuch-gʻayratini sarflab marra sari intildilar.
Qizgʻin kechgan musobaqada birinchi oʻrinni Doʻrman kasb-hunar kolleji oʻquvchisi Shuhrat Jumaboyev, ikkinchi oʻrinni Mangʻit Iqtisod kolleji oʻquvchisi Sunnat Adamov, uchinchi oʻrinni esa 9-maktab oʻquvchisi Javohir Norimbetovlar yengib oldilar.
Yoshlar ishtirokidagi marafon gʻoliblar uchungina emas, barcha ishtirokchilar uchun ham unutilmas taassurotlarga boy tadbir boʻldi.
Koʻngillarida hayotga intilish, yuksak choʻqqilarni zabt etish ishtiyoqi kuchli tuman yoshlarini jamlagan marafon el-yurt manfaatiga xizmat qilish yoʻlida ularni birlashtirish borasida muhim qadam boʻladi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶