Bolalar boğçada ingliz tilini örganişga kirişadi
Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi "Çet tillarni örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq joriy öquv yilidan boşlab umumtaʼlim maktablarining birinçi sinfidan boşlab öquvçilarga çet tili örgatiladi.
Tajribalar bolalarni maktabga tayyorlaş jarayonida ham çet tilini örganişga könikma hosil qiliş va qiziqişini oşiriş muhim ahamiyatga ega ekanligini körsatmoqda.
Şu munosabat bilan maktabgaça taʼlim muassasalarida ham çet tili, xususan, ingliz tili tögaraklarini taşkil etiş maqsadga muvofiq körildi.
Bizning Manğit şahrida joylaşgan 43-maktabgaça tarbiya muassasamizda ham oktyabr oyidan boşlab ingliz tili tögaragi 2 guruh bolalar bilan iş boşlaydi. Buning uçun muassasamizga 2 nafar ingliz tili öqituvçisini jalb qildik va tögarak maşğulotlarini olib boriş dasturini tasdiqladik. Mazkur tögarakda bolalar ingliz tilini örganiş böyiçadastlabki könikmaga ega böladi. Öylaymizki bu bosqiçdan ötgan bolalar umumtaʼlim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilinganida ingliz tilini boşqa tengdoşlariga qaraganda oson va tez özlaştiradilar. Bolaga çet tili qançalik erta örgatilsa, uning eslab qoliş qobiliyati va oğzaki nutqi şunçalik yaxşi rivojlanar ekan.
Muassasamizda ingliz tili tögaragi maşğulotlari samarali bölişiga erişiş uçun öquv dasturi işlab çiqdik.
Maşğulotlar 3-4 va 5-6 yoşli bolalarning zehni, tafakkuri va dunyoqaraşi hisobga olingan holda interfaol usullarda olib boriladi. Har bir mavzuni özlaştirişda bolalarning qiziqişiga qarab turli öyinlar, qöl mehnati, rasm çiziş, şeʼr yodlaş va aşula aytiş kabi usullardan foydalanamiz. Bu bolalarning maşğulotlarni yaxşi özlaştirişlariga yordam beradi, deb öylayman.
Ayni kunda maktabgaça taʼlim muassasamizda tarbiyalanayotgan 3-4 yoşli va 5-6 yoşli 2 guruh bolalarning ilk tögarak maşğulotlarini boşlaşga tayyorgarlik körayapmiz. Va buni ota-onalar ham qöllab-quvvatlaşmoqda. Çunki bolalarning çet tilini örganiş borasida olgan ilk bilimlari ularga kelgusida juda asqotadi.
Hozir boğçamizda 95 nafar kiçkintoylar tarbiyalanmoqda. Ularga 14 nafar malakali tarbiyaçilar jalb qilingan. 5 ta guruh bolalaridan saylangan iqtidorli 2 guruh bolalar çet tilini örganişga şay.
Manzura JUMANIYoZOVA,
43-sonli maktabgaça taʼlim muassasasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶