SPORT VA FAN TÖGARAKLARI – BOLANING DUNYoQARAŞINI ŞAKLLANTIRADI
Bolaning aqliy va jismoniy jihatlan şakllanişida maktab taʼlimi bilan sportning omuxtaligi muhim ahamiyatga ega. Çunki ertalabki badantarbiya yoki biron bir sport turi bilan muntazam şuğillanadigan bola tetik va aqliy faol böladi hamda darslarni oson özlaştiradi. Bunday bolalarda erkin fikrlaş qobiliyati ham erta şakllanadi.
Men öz pedagogik faoliyatimda bolalarning fanlarni özlaştirişida sportning, şu barobarida fanlar böyiça qiziqarli öyinlarning samarasini köp bora kuzatganman. Özim işlaydigan 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabi öquvçilari orasida nafaqat bilimdonlar, balki turli körik-tanlovlar va sport musobaqalarining ğoliblari ham köp.
Yaqinda Navoiy viloyati jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi tomonidan ötkazilgan Karate –VKF böyiça 5 yoşdan 17 yoşgaça va 18 yoşdan katta bölgan öğil va qiz bolalar örtasidagi viloyat oçiq çempionatining kumite bahslarida maktabimizning 1-sinf öquvçisi Amirxon Ozodboyev II Darajali diplom, kumuş medal sohibi böldi.
Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Qoraqolpoğiston Karate Federatsiyasi sobiq prezidenti Xalilla Aliyev va Karate kuraşi böyiça Özbekiston çempioni Ruslan Törayevlar xotirasiga bağişlab ötkazilgan Xotira turnirida esa 16-maktab öquvçisi Gözaloy Ozodboyeva faxrli uçinçi örinni egalladi. Gözaloy ham Navoiy viloyatida ötkazilgan oçiq çempionatda 8-9 yoşli qiz bolalar örtasidagi bahslarda 2-örinni egalladi va II Darajali diplom, kumuş medal sohibasi böldi.
Har ikkala öquvçimiz ham öqişda va jamoat işlarida faolligi, dunyoqaraşining kengligi bilan ajralib turadilar. Ayniqsa, sinfda va sinflararo ötkaziladigan “Qiziqarli matematika”, “Qiziqarli ona tili”, “Ingliz tilida sözlaşamiz” kabi zakovat bahslarida savollarga tez, dadil va aniq javob berişga intiladilar. Bundan ham muximi, sportga oşno öquvçilarimizni kun böyi tetiklik va faollik tark etmaydi. Har bir darsga ongli ravişda, qiziquvçanlik bilan yondaşadilar.
Demak, bola oiladami, maktabda böladimi, şaxsiy qiziqişlari eʼtiborga olinsa va uning özi yoqtirgan maşğulot bilan şuğullanişi uçun şaroit yaratib berilsa, öquvçining fanlarni özlaştirişida muammo bölmaydi. Ayniqsa, sport tögaraklari, musiqiy taʼlim, fanlar böyiça tögaraklarga qatnaşuvçi bola hayotga soğlom nazar balan qaraşni örganadi, bilimga intiluvçan, intizomli bölib ulğayadi.
Şarofat JUMATOVA, 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat
umumtaʼlim maktabi boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶