ŞARIAT VA TARIQAT
Dinning amaliy qismi bölgan şahodat kalimasini
aytiş, namoz öqiş, zakot beriş, röza tutiş va haj qiliş kabi ibodatlarning
"Islom” deb atalişini, şunga amal qilib islom ahkomlarini yuritiş şariat deb
nomlanişini hammamiz yaxşi bilamiz.
Mustabid tuzum tufayli dinimizdan uzoqlaşişimiz
jarayonida tasavvuf ilmidan, yaʼni tariqatdan ham butunlay uzoqlaşib ketganimiz
ayni haqiqat.
Köpçiligimiz bu haqda umuman oddiy tasavvurga ham
ega emasmiz. Xozirda u haqda turli gap - sözlar köpayib ketdi. Ularning qay
biri töğri, qay biri notöğri ekanini ajratib olişning özi qiyin bölib qoldi.
Tasavvuf taʼlimoti vatanparvarlik ruhi bilan
suğorilgan yöldir. Şuningdek, tasavvuf insonlararo kelişmovçilik va
tengsizlikka qarşi turib, odamlarga ahil va birdam bölib yaşaşni tavsiya qiladi,
uruş va qözğolonni qoralaydi, dunyo miqyosida bir ajoyib universalizm, yaʼni barça
insoniyatni seviş ğoyasini talqin etadi. Tasavvuf taʼlimotida talqin etilgan
huquqiy qaraşlar, masalan, boşqalarning huquqini tanib, hurmat qiliş,
insonlarga tajovuz qilmaslik, ularning yaşaş huquqini saqlaş, hatto hayvonlarga
ham ozor va aziyat bermaslik kabi oliy ğoyalar, insonlarni tarbiyalaş uçun
maʼnaviy-ahloqiy, diniy-tasavvufiy va adabiy-estetik taʼsir qilişda muhim omil
bölib xizmat qiladi.
Tariqatning ilk bosqiçi şariatdir. Haqiqat esa
keyingi yuksak maqomdir. Demak, tariqat şariatdan haqiqatga boradigan yöl. Xöja
Ahmad Yassaviy "Şariat - zohirida aʼzolar
bilan amal qiliş, tariqat - qalb bilan amal qiliş, haqiqat esa sir (qalbdagi
javhar, köngil) bilan amal qilişdir” - deganlar.
Şariat bilan tariqat orasidagi aloqa ikkisi
bir-birini töldiradi. Ular orasida ixtilof bölişi mutlaqo mumkin emas. Agar
baʼzi bir tuşunmovçiliklar çiqsa, ikki tarafning özi ham tanqid qiladigan,
Qurʼon va sunnatdan taşqaridan olingan narsalar haqida bölişi mumkin.
Ming afsuslar bölsinkim, zamon ötişi bilan
tasavvufning surati buzilib, Islom taʼlimotidan, şariat ahkomlaridan
uzoqlaşaverdi.
Bu açinarli holatning asosiy sababi
taʼlim-tarbiyaning zaiflaşib, islomiy savodsizlikning ommalaşganida edi.
Oqibatda baʼzi tanballar tasavvufni daromad manbaiga aylantirib oldilar. Ilm,
taqvo, amalning örnini soxta karomatlar egalladi. Şayxlar ruhiy tarbiya
ustozlari emas, hojatlarni çiqariş va raddi balo bilan maşğul böladigan
azayimxonlarga aylandilar. Afsuski, şayxlikni daʼvo qiluvçi köpgina kimsalar va
muridlikni daʼvo qiluvçilarning aksariyati şarʼiy ilmlardan bexabar yoki oz
xabardor bölganlari uçun tasavvufga ham doğ tuşirganlar isnod keltirganlar va
hamon bu holat yuz berib turibdi.
Afsuski, şariatning asl qoidalariga ergaşmaydigan,
uni özlariça tuşunişga harakat qiladigan hamda şariatni tariqat va tasavvufdan
alohida tuşunadiganlar özlarining johilona hatti-harakatlari bilan köplab nizo
va ixtiloflarning kelib çiqişiga sabab bölmoqdalar.
Özlarini guyoki salaflar davrida yaşayotgandek his
qilib, turmuş tarzi, qiyiniş, yeb-içiş, atrofdagilarga öz taʼsirini ötkaziş kabi
körinişlarda qaysidir maʼnoda rahnamo bölişga harakat qilayotirlar. Baʼzi
muridlar (söfiylar) pirlariga haddan taşqari baho berib, ularning gaplarini
şariatning hukmidan ham ustun qöyişgaça borib yetganlar. Baʼzi joxillar
tasavvufni şariatdan ustun qöyib, tariqatsiz şariat bölişi mumkin emas,
şariatsiz tariqat bölişi mumkin, mana bizlar şariatsiz tariqatga kirdik
(astağfirulloh) deyişliklari, özi qöl bergan piriga kör-körona ergaşiş, hatto
unga siğiniş darajasida (astağfirulloh) eʼtiqod qilişlari, baʼzilari guldek
oilasini taşlab, "Eşon buva”ning iştiroklaridagi yiğinlarida qornini
qampaytirib, nazarga tuşiş umidida yurişgani, yana bir xillari, talabi ilmni tark
qilib, boşqalardan farqli kiyim kiyib, "Tariqat haqiqatdir, biz haqiqatdamiz,
siz nimadasiz? Abu, Hanifa ham şayxga qöl bergan, oxirgi ikki yili bölmaganda
Numon halok bölar edi” degan gap-sözlarni qilib, özlarini boşqalardan ustun his
qilişadi.
Eng açinarlisi ana şunday tasavvuf va tariqatdan
yiroq kimsalar özlarini bu sohaning daholari qilib körsatişlari, ommaga şu
maqomda turib murojaat va munosabatda bölişlari, şu yöl bilan qaysidir maʼnoda
kattagina taʼsir kuçiga ega bölib olişga harakat qilayotganliklari maʼlum
bölmoqda.
Bu va bunga öhşagan ilmsizlik asosidagi gap-sözlar
haqiqiy tasavvuf yöliga, Alloh taoloning roziligini tilagan solihlar yöliga
mutlaqo ziddir.
Xöja Ahmad Yassaviy fikriga köra, şariatsiz tariqat
va tariqatsiz haqiqat yöq. Tariqatga qadam qöygan odam şariatga suyanmasa,
şayton kelib iymoniga çang soladi.
Xöja Ahmad Yassaviy dedilar: "Oxir zamonda bizdan
keyin şunday maşoyixlar paydo bölgay, Iblis alayhilaʼna ulardan saboq olgay.
Ular Iblisning işini qiladilar, xalqqa döst bölib, xalq istagini bajaradilar,
muridlarini boşqaradilar, lekin ular maqsadga erişolmaydilar. Zohir
körinişlarini orasta qilib, muridlardan köp taʼmalar qilib, botinlarini xarob
qilgaylar. Kufr bilan imonni farqlay olmaslar, olimlarni xuş körmay, ularga
iltifot qilmaslar. Ahli sunna val jamoatni duşman körib, ahli bidʼat va
zalolatni sevadilar. Yomonlikni peşa qilib, Alloh taolodan yaxşilik umid qilgay
va şayxlikni daʼvo qilurlar. Ammo şayxlik işini xor qilib, muridlarining
eşigida yurgaylar. Bunday kişi muridga pirlik qilmasligi, şayxlik qilib,
muriddan muomala olmasligi kerak. Agar murid nazr bermasa, zörlik bilan tortib
olgay. Agar u nazrni olib, şunga loyiq kişiga yoki yöqsilga bermay, öziga va
oila ahliga sarflasa, it ölimtigini isteʼmol qilgandek bölur. Agar olib yesa va
undan kiyim kiysa, u kiyim egnida ekan, öqigan namozi, tutgan rözasi Alloh taolo
dargohida qabul bölmas va yegan har luqmasi uçun uç ming yil dözaxda
azoblangay”.
Yana Xoja Ahmad Yassaviy (r.a.) aytadilar: "Voy öşa
kişilargaki, bunday (sohta) şayxlarga qöl berib ibodat qilurlar va özlarini
azobga giriftor eturlar”.
Islom dini aqidasi böyiça, biz musulmonlar şariatga
ham, tariqatga ham barobar-ijobiy fikr bilan qaraymiz. Tasavvuf tariqatlari
islom şariati ahkomlarini töla eʼtirof etgan holda möʼmin-musulmonlarning
ahloqiy fazilatlarini takomillaştirişga xizmat qiladi deb bilamiz. Biz aytamizki:
"tasavvuf şariatdan taşqaridagi, undan yuqoriroq turuvçi alohida bir yöl emas.
Tasavvuf şarʼiy ahkomlarni sevib, içki (botiniy) huzur bilan ado etmoqlikdir”.
Aslida Alloh taoloning sevgisiga erişişni istagan
banda uçun eng töğri yöl U zotning barça jonzotlarini va eng avvalo
Robbimizning sevimli habibi bölmiş Muhammad Mustafo (s.a.v) ni sevişdir.
Mömin-musulmonlar uçun erta-yu keç bir lahza ham
Alloh taoloning zikridan ğofil kolmagan xolda, u zotning amrlariga böysunib,
qaytarganlaridan qaytib, halol-pok rizq talabida mehnat qilib, jamiyatning
işonçli, solih bir vakili, vafodor er, mehribon ota, sodiq döst, silayi rahm
qiluvçi qarindoş, masjidga şoşilib borib, sekin qaytuvçi namozxon, öziga ravo
körgan yaxşiliklarni özga musulmonlarga ham ravo köruvçi qalbi saxiy inson va
eng muhimi, xar bir yaxşi amalida Rasululloh (s.a.v)ga iqtido qiluvçi sodiq
muqtadiy bölişdan köra töğriroq yölni biz bilmaymiz.
Zero, bu aytilganlarning barçasi sevimli Robbimiz
bizdan talab qilgan, u zotning elçisi, Habibölloh Muhammad mustafo(s.a.v) bizga
Alloh taoloning amri ila yetkazgan vojibotlardir. Töğri, eʼtiqoddagi heç bir
mutasavvuf, töğri tariqatdagi heç bir pir-u murid bu vojibotlarning birortasini
inkor qilmaydi. Bularni inkor qilganlarning eʼtiqodi ham, tariqati ham şubhalidir.
A. Matsafoyev,
"Yusuf Eşon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶