YÖLDAGI HODISA
(Voqeiy hikoya)
Işdan qaytayotib, yöl çetida qimirlamay yotgan odamga közim tuşdi. Mastmi, deb öyladim avval. Yaqinroq bordim, uning közlari yumuq, qimirlamas, ust-boşi qonga belangan, kiyimlarining ham ayrim joylari yirtilgan, aftidan biron transport urib yuborganga öxşardi. Atrofga qaradim, heç kim körinmasdi.
– Bu odamga qanday yordam bersam ekan, tirikmikan? – dovdirab, qoldim.
Şu payt uning yonida yotgan qöl telefonga va nariroqdagi sumkaga közim tuşdi.
Yaqinlariga xabar beriş maqsadida telefon xotirasini köra boşladim. “Onasi” degan raqamni topdim va telefon tugmaçasini bosdim. Uzoq vaqt kutganim yöq, telefondan qönğiroqday ovoz keldi:
– Dada, dada, nimaga kelmayapsiz? Nimaga bugun keçikyapsiz? Axir bugun muzqaymoq olib kelaman, degandingiz-ku, olib kelyapsizmi? Sizni soğindim, dada, tezroq keling!
Men butunlay gangib qolgan edim. Nima deyişimni bilmasdim. Qizaloqqa dadasining qanday ahvolda yotganini ayta olmasdim. Bu orada qança vaqt ötdi, bilmadim, şu payt telefondan öğil bolaning ham ovozi eşitildi.
– Dada, menga ham muzqaymoq olib kelyapsizmi, tezroq keling, dada. Ovqat yemay sizni kutayapmiz.
Men özimni tutib turolmadim, böğzimga bir nima tiqilganday böldi, telefonning öçiriş tugmaçasini bosdim. Közim öşa odamning sumkasiga tuşdi. Sumkadan esa muzqaymoq erib, oqib tuşayotgan edi. Endi bu odam haqida mening tasavvurlarim özgardi, köz oldimda farzandlarini jonidan ortiq yaxşi köradigan mehribon ota siymosi namoyon böldi.
Biroq men bu insonning yaqinlariga xabar bera olmayotganimdan qiynalardim. Bu orada esa telefon jiringlay boşladi, oldim.
Yana öşa jajji qizaloqning qönğiroqday ovozi eşitildi:
– Dada, dadajon, uyga yaqinlaşdingizmi? Tezroq keling, yölingizga çiqib turaman.
Bolalar dadasining bunday ayançli ahvolda yotganini qaydan ham bilsin? Men ularga dadajonisi ularni juda yaxşi körişini, ular uçun muzqaymoq olganiligini, ammo yölda baxtsiz hodisa röy berganligini ayta olmasdim.
Mening qöllarim titrar, közlarimdan esa yoş oqardi. Şunda özimni tutib turolmay qonga böyalib yotgan odamga yalina boşladim.
– Közlaringizni oçing, tirikmisiz? Ha, deng, közingizni oçing! Bolalaringizga muzqaymoq obormoqçi ekansiz, ular sizni intiq bölib kutişayapti, axir!
Yana nimalar dedim, bilmayman. Yordam söraşga atrofda heç kim körinmaydi. Şu payt “Tez yordam” esimga tuşdi, ahvolni, turgan manzilimni aytdim-da, yana erkakka yolvora boşladim:
– Közingizni oçing, sizni farzandlaringiz kutayapti, ularga nima deyman, ölib qolsangiz, ölmang, iltimos!
Şu payt möʼjiza yuz bergandek böldi. Erkakning qonli lablari qimirlab, nimadir demoqçi böldi, biroq oğir ingraş eşitildi, xolos.
Mening nazarimda u farzandlari mehri tufayli hayotga qaytgandek edi...
Erkinboy Yusupov,
“Xizr eli” mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶