PPEZIDENTIMIZ EʼTIBOPIDAN MINNATDOPMIZ

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 4-apreldagi “Sogʻlikni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida sogʻlikni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalish hamda vazifalari belgilab berildi va shu qaror asosida mamlakatimizda xususiy tibbiyot muassasalarining faoliyatlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash tizimini takomillashtirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmi va turlarini koʻpaytirishni ragʻbatlantirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Tumanimizning markaziy shifoxonasi binosi qoshida ish boshlagan bizning “MohiDil shifo med” MChJga qarashli xususiy klinikamiz ham muhtaram Yurtboshimizning mana shu Qarori asosida samarali faoliyat yuritmoqda.
Klinikamizda UTT, EXO kardiografiya, transvaginal UTT tekshiruvlari, kompyuterlashtirilgan uskuna yordamida umurtqa pogʻonasini choʻzish, EKG, laboratoriya tekshiruvlari oʻtkaziladi.
Bundan tashqari, yurak-qon tomir, nevrologik, oshqozon-ichak, buyrak, qandli diabet, nafas yoʻllari, tayanch-harakat aʼzolari (disk churrasi, artrit, artroza-artrit) kasalliklarini davolash kabi tibbiy xizmatlar ham amalga oshiriladi.
Aholiga pullik tibbiy xizmatlar koʻrsatiladigan ushbu klinikamiz 20-oʻringa moʻljallangan boʻlib, davlat standartlariga javob beradigan yetarli shart-sharoitlar bilan taʼminlangan. Yuqori malakaga ega boʻlgan oliy toifali shifokorlardan K.Gulmanova, Yu.Abdullayeva, Sh.Davletov, E.Nurimbetova hamda oʻrta tibbiyot xodimlari M.Oʻrozimbetova, Sh.Shomurodova, G.Qozoqboyeva, H.Qozoqova, D.Oʻrozmatova, kichik tibbiy xodimlar B.Eshmatova, Yo.Pahimova, K.Vafoyeva, N.Erniyozovalar aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqdalar.
Yangi ish oʻrinlarini tashkil etish hamda xususiy klinikani rivojlantirish maqsadida oʻz mablagʻimiz hisobidan zamonaviy, yuqori aniqlikdagi “Logis” UTT uskunasini olib kelib oʻrnatdik. Natijada yana 8 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etilib, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligi oshdi.
Biz muhtaram Prezidentimizning tibbiyot sohasini rivojlantirish maqsadida xususiy sektorga katta eʼtibor berayotganlaridan cheksiz minnatdormiz. Prezidentimizning bunday gʻamxoʻrligiga javoban aholiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatni yanada yaxshilashga harakat qilamiz.
Zulxumor MAMATQULOVA,
“MohiDil shifo med” xususiy klinikasi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶