Katta sport musobaqalarida maktab taʼlimining örni katta
Tumanimizdagi 36-sonli maktab öquvçilari uçun har yili bahor oylari turli sport öyinlari mavsumiga aylanadi. Sinflararo bölib ötadigan turli sport musobaqalari maktab birinçiligi uçun keskin va döstona bellaşuvlarga imkon yaratadi.
– Maktabimizda bahorgi sport musobaqalari Navröz bayrami arafasida qizğin tus oldi, – deydi maktab jismoniy tarbiya rahbari Soliy Yöldoşev. – Beşinçi sinfdan öninçi sinfgaça bölgan öquvçi-yoşlar örtasida stol tennisi va şaxmat sporti böyiça ötkazilgan musobaqalarda barça sinflarning öquvçilari iştirok etdilar.
Maktab öquvçilari orasida sportning şaxmat turiga qiziquvçilar köpçilikni taşkil etadi. 5-7-sinflar öquvçilari örtasida ötkazilgan musobaqalarda 5-sinf öquvçisi L. Nurillayeva, 7-sinf öquvçisi R. Allaberganov, 9-sinf öquvçisi S. Qurbonboyevlar faxrli 1-örinni egallaşdi. 5-sinf öquvçisi A. Boltaboyev, 6-sinf öquvçisi L. Boboniyozova, 8-sinf öquvçisi I. Karimovlarga ikkinçi örin nasib etdi.5-sinfdan D. Aşirov, F. Habiyeva va 9-sinfdan M. Şomurodovlar 3-örinni oldilar.
Şuningdek, stol tennisi böyiça ötkazilgan sport musobaqalari ham hayajonli daqiqalarga boy böldi. Musobaqa yakunida 5-7-sinflar örtasida Ş. Soliyev 1-örinni, R. Allaberganov 2-örinni, S. Ametov 3-örinni olgan bölsa, 8-10-sinflar örtasida 1-örin U. Qozoqboyevga nasib etdi. J. Matniyazov 2-örin, J. Yöldoşev esa 3-örin sohiblari bölişdi.
–Bunday musobaqalar ösib kelayotgan yoş avlodni katta sport musobaqalariga tayyorlaşda muhim ahamiyatga ega, – deydi maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçisi M. Qurbonboyev. – Çunki bola birdaniga keng miqyosdagi musobaqalar ğolibi böla olmaydi. Boşlanğiç sport taʼlimini maktabda puxta egallagaçgina katta sport sari qadam qöyadi. Şuning uçun maktabda ötkazilgan sinflararo bellaşuvlarning sportçi-yoşlarni tarbiyalaşdagi roli juda katta.
Dildora Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶