12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:52
Siyosat 👁 1,724

Amudaryo tumanining 2017-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi yakunlari va 2018-yilga möljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlari haqida tuman hokimi S.Yöldaşevning Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga HISOBOTI

Amudaryo tumanining 2017-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi yakunlari va 2018-yilga möljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlari haqida tuman hokimi S.Yöldaşevning Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga HISOBOTI

Assalomu alaykum, hurmatli deputatlar va sessiya iştirokçilari!
Maʼlumki, 2014-yilda Konstitutsiyamizga kiritilgan özgartiş va qöşimçalarga muvofiq, har yili hokimlar xalq deputatlari tuman Kengaşiga tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişining eng muhim hamda dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etadilar.
Bu özgarişlar davlat hokimiyati va boşqaruvini yanada demokratlaştiriş, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining şaffofligini kafolatlaş, deputatlik nazorati institutini mustahkamlaş, partiyalararo raqobatni kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etib, mahalliy Kengaşlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişdagi rolini yanada oşiradi, ijro organlarining masʼuliyatini kuçaytiradi.
Ijozatingiz bilan, 2017-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlari va 2018-yilgi iqtisodiy dasturning ustuvor yönalişlari töğrisida batafsil hisobot bersam.
Hisobot davrida tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça belgilab olingan makroiqtisodiy körsatkiçlarning istiqbolli reja körsatkiçlari töliq bajarilişi taʼminlandi.
2017-yilda tumanda sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi 220,6 mlrd. sömga yetib, ötgan yilga nisbatan ösiş surʼati 121,2 foizni, xalq isteʼmol mollarini işlab çiqariş hajmi 88,5 mlrd. sömni taşkil qilib, ötgan yilga nisbatan ösiş surʼati 100,0 foizni, qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi 339,3 mlrd. söm bölib, ötgan yilga nisbatan ösiş surʼati 107,1 foizni taşkil qildi.
2017-yil tuman Maqsadli dasturlari ijrosi böyiça jami 38 mlrd. 923 mln. sömlik 250 ta loyihalar amalga oşirilib, 885 ta yangi iş örinlari yaratildi, ularga esa 23 mlrd. 386 mln. söm tijorat banklari kreditlari ajratildi.
Tumanning taşqi savdo aylanmasi 2017-yilda 6 mln. 607 ming AQŞ dollarini taşkil qildi. Tumandan mahsulotlar va xizmatlar eksporti  2017-yil davomida 5 mln. 257 ming AQŞ dollari, tovarlar importi 1 mln. 350 ming AQŞ dollarini taşkil qildi. Yengil sanoat sohasida mahsulotlar eksporti 4 ming 774,2 AQŞ dollarini taşkil qilib, reja 104 foizga bajarildi. Ammo, hududiy mahsulotlar eksporti 482,8 ming AQŞ dollarini taşkil qilib, yillik prognoz 31,5 foizga bajarildi, xolos.
Belgilangan eksport prognozini “Manğit Amu briket” MÇJ (26 foizga bajargan) va “Jayxun Lakritsa” MÇJ (2017-yilning dekabr oyida 15,5 ming AQŞ dollari miqdorida eksport qilgan, rejaga nisbatan 6 foiz) bajarmagan.
“Manğit Invest plyus” MÇJ tomonidan 409,3 ming AQŞ dollari miqdoridagi 1200 tonna meva-sabzavot mahsulotlari çet davlatlarga yuborilgan. Meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştiriş, saqlaş va eksport qilişga ixtisoslaşgan “Manğit tezkor savdo” MÇJ tomonidan eksportga mahsulotlar umuman çiqarilmagan.
 

Hurmatli deputatlar va sessiya iştirokçilari!
Aholini, yoş hamda kam taʼminlangan oilalarni yangilangan va arzonlaştirilgan namunaviy loyihalar asosida uy-joylar bilan taʼminlaş maqsadida 2017-yilda tumanning qişloq massivlarida jami 122 ta uy-joylar qurilib, öz egalariga topşirildi.
Şuningdek, içki işlar organi profilaktika inspektorlarini xizmat turar joylari bilan taʼminlaş maqsadida 28 ta hududdan 2 sotixdan yer uçastkalari ajratilib, 19 ta xizmat uylari foydalanişga topşirildi. Qolgan xizmat uylarining quriliş işlari jadal surʼatda olib borilmoqda.
2017-yilda tumanimizda barça manbalar hisobidan jami 110,0 mlrd. sömlik quriliş-obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi. Davlat va mahalliy byudjet mablağlari hisobidan 32 ta obʼekt qurildi.
Tumanda investitsiya dasturiga muvofiq 5 ta maktab va 1 ta MTM binosi rekonstruktsiya rejasiga kiritildi. Bözyop ovulidagi 77-sonli, Qangli ovulidagi 79-sonli, Qiliçboy ovulidagi 82-sonli, Namuna mahallasidagi 78-sonli, Yuqori qişloq mahallasidagi 81-sonli maktablar, Çordara mahallasida 50-öringa möljallangan 3-sonli MTM binosi reja asosida töliq rekonstruktsiya qilindi.

Tumanda ijtimoiy soha obʼektlarini kapital taʼmirlaş rejasiga 3 ta maktab va 1 ta maktabgaça taʼlim muassasasi kiritilgan edi. Jumladan, Amir Temur nomli ovuldagi 25-sonli, Dörman ovulidagi 20-sonli, Bosuv mahallasidagi 26-sonli maktablar hamda Xolimbeg ovulidagi 29-sonli MTM binosida kapital taʼmirlaş işlari sifatli yakunlandi.
Tumanda yangilangan loyihalar asosida 1 mlrd. 254 mln. söm mablağ evaziga Olmazor mahallasida notarial harakatlarni amalga oşiriş xonalariga ega Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi hamda Gulzor mahallasida 479,0 mln. söm mablağ evaziga notarial xizmat idorasi binolari qurilib, foydalanişga topşirildi.
Qişloq xöjaligida foydalanilayotgan yerlarda suğoriş tizimini yanada yaxşilaş maqsadida irrigatsiya tarmoqlarida 15 km. uzunlikda 2 mlrd. 546 mln. sömlik rekonstruktsiya işlari, 62 km. uzunlikda 497 mln. sömlik taʼmirlaş-tiklaş işlari, yerlarning meliorativ ahvolini yaxşilaş maqsadida 5,8 km. uzunlikda 570,1 mln. sömlik rekonstruktsiya işlari, 178,6 km. uzunlikda 2 mlrd. 322 mln. sömlik taʼmirlaş-tiklaş işlari amalga oşirildi.
Natijada 2017-yil davomida davlatga topşirilgan ğalla hosili 7394 tonna bölib, reja 139,5 foizga, şoli hosili 7048 tonna bölib, reja 146,8 foizga, kartoşka mahsulotlari 4551 tonna bölib, reja 121,8 foizga bajarildi. Afsuski, 2017-yilda pillaçilik sohasida kamçiliklarga yöl qöyilib, 87,42 tonna pilla hosili topşirildi. Bu 2016-yilga nisbatan 38 foizni taşkil qildi.
Ötgan yili “Amudaryo yöllardan foydalaniş” unitar korxonasi tomonidan jami 5 mlrd. 820,3 mln. sömlik, “Amudaryo suv quriliş boşqarmasi” MÇJ tomonidan 1433,2 mln. sömlik, “Manğit invest maksimum” MÇJ tomonidan 137 mln. sömlik hajmda yöl qurilişi, taʼmirlaş va saqlaş işlari amalga oşirildi. Uzunligi 9,7 km. bölgan 14 ta içki xöjalik yöllarini taʼmirlaş işlariga esa jami 1416,3 mln. söm mablağ sarflandi.
Tuman aholisini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş maqsadida 9,5 km. uzunlikda suv tarmoqlari yotqizildi. Jumladan, Investitsiya dasturi asosida Arna böyi mahallasi hududidagi suv taqsimlaş inşootigaça 1 mlrd. 154,3 mln. söm mablağ evaziga 2,04 km. uzunlikda suv tarmoği qayta yotqizilib, Vaxum, Obod mahalla aholi punktlari hamda Bosuv mahallasidagi 480 ta xonadonning toza içimlik suvi bilan taʼminlaniş darajasi yaxşilandi.
Olmazor mahallasida 702,4 mln. sömlik quriliş işlari bajarilib, 5,4 km. uzunlikda suv tarmoği yotqizildi. Uşbu mahalladagi 242 xonadon toza içimlik suvi tarmoğiga ulandi.
Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlaş maqsadida 110/35/10 kV Manğit yordamçi stantsiyasidan çiquvçi XT-10 kV “Paxtazavod-2” fiderida 3,9 km, 110/10 kV “Töqimaçi” yordamçi stantsiyasidan çiquvçi “Çoğaraqköl” fiderida 6,2 km, TP-265 transformatoridan çiquvçi uzunligi 1,39 km. bölgan XT-0,4 kV liniyalari SIP provodga almaştirildi, TP-265 transformatorining 40 kVa quvvatini 160 kVa ga, TP-169 transformatorning 160 kVa quvvatini 250 kVa ga almaştirildi.
Manğit şahrining Böston, Navoiy, Çordara, Oybek mahallalarida yaşovçi aholining tabiiy gaz bilan taʼminlaniş darajasini yaxşilaş maqsadida 1,7 km. uzunlikdagi gaz tarmoği içki imkoniyatlar hisobiga rekonstruktsiya qilindi.
Hurmatli deputatlar va sessiya iştirokçilari!
Maʼlumki, mamlakatimizda aholini iş bilan taʼminlaş, yangi iş örinlarini taşkil qiliş masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Tumanda 2017-yilda yangi iş örinlarini taşkil etiş va aholi bandligini taʼminlaş Dasturi böyiça 3030 ta yangi iş örinlari yaratiş rejalaştirilgan edi. Yil davomida 3062 ta iş örinlari yaratilib, belgilangan reja 101,1 foizga bajarildi.
2016-2017 öquv yilida tumanimizda kasb-hunar kollejlarini 2378 nafar öquvçi, şundan 1112 nafar qizlar, öz yönalişlari böyiça tamomladilar. Bitiruvçilarning işga joylaşişlarini taʼminlaş maqsadida tört tomonlama şartnomalar tuzilib, bitiruvçilar tumanda faoliyat körsatayotgan 987 ta korxona, taşkilot va muassasalarga biriktirildi. 2017-yil davomida tumandagi kasb-hunar kollejlarida 7 marotaba böş iş örinlari yarmarkalari taşkil qilindi.

Ammo, ayrim kollejlar bitiruvçilarning bandligini taʼminlaşda kamçiliklarga yöl qöyilgan. Jumladan, Dörman qişloq xöjalik kasb-hunar kollejining 76 foiz, yaʼni 100 nafar bitiruvçilari, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejining 75 foiz, yaʼni 64 nafar bitiruvçilari, Amudaryo qişloq xöjaligi kasb-hunar kollejining 71 foiz, yoki 172 nafar  bitiruvçilari vaqtinça işsiz ekani açinarli holat, albatta.
Tumanda 37 ta maktabgaça taʼlim muassasalari mavjud. Ularda bugungi kunda 3778 nafar bolalar taʼlim-tarbiya olişadi. Bu tumandagi maktabgaça yoşdagi bolalarning 18,5 foizini taşkil qiladi.
Mavjud maktabgaça taʼlim muassasalarning 16 tasi zamonaviy loyihalar asosida qurilgan, bugungi kun talablariga javob beradigan moddiy bazaga ega taʼlim maskanlaridir. Qolgan 21 tasining binolari esa muassasa işga tuşgandan buyon kapital taʼmirlanmasdan kelmoqda. Bolalarni maktabgaça taʼlim muassasalariga qamrab oliş işlariga xususiy sektorlarni jalb qiliş böyiça işlar boşlab yuborildi. Jumladan, tumanda xususiy maktabgaça taʼlim muassasalari qurilişiga yer maydonlari va bino inşootlari ajratiş yuzasidan amaliy işlar qilinmoqda.
Tumanda uy-joyga muhtoj, nogironligi bölgan va mehnatga layoqatlilik darajasi çeklangan xotin-qizlarni arzon uylar bilan taʼminlaş va ularni kasanaçilik asosida tikuv maşinalari hamda buyurtma bilan taʼminlaş böyiça ham amaliy natijalarga erişildi. 2017-yil 5-sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi Tursunxon Xudaybergenov iştirokida tumandagi 4 nafar ana şunday fuqarolarga uy-joy topşirildi.
 

Hurmatli deputatlar va sessiya iştirokçilari!
Aholining turmuş madaniyatini va sifatini oşiriş, avvalo, inson salomatligini asraş, onalik va bolalik muhofazasi, soğlom avlod tarbiyasi borasida tuman Tibbiyot birlaşmasi tomonidan ham qator amaliy işlar qilinmoqda.
Birlaşmaga qaraşli tuman markaziy şifoxonasi, köp tarmoqli markaziy poliklinika, 6 ta sayyor vraçlik brigadasi bilan birga tez tibbiy yordam bölimi hamda joylardagi 19 ta qişloq vraçlik punktlari negizida 7 ta qişloq oilaviy poliklinikalari, 2 ta ( Berdaq va Qangli)  qişloq vraçlik punktlari faoliyat yuritmoqda.
Maqbullaştirilgan 10 ta QVPlardan 6 tasi negizida şifokorlar uçun xizmat uylari taşkil etildi, hamda aholiga birlamçi tibbiy yordam körsatiş uçun tegişli xonalar faoliyati yölga qöyildi. Qipçoq QVP binosiga markaziy poliklinikaning ftiziatriya bölimi köçirib ötkazildi.              
1-Qipçoq KVP binosi tuman hokimligi tasarrufiga ötkazildi. Olmazor QVP binosini xususiy tibbiy xizmat körsatiş uçun tadbirkorga beriş rejalaştirilgan. Tölqin QVP binosida “Tez yordam” şoxobçasi va uçastka noziri uçun uy-joy taşkil etildi.
Qişloq oilaviy poliklinikalarida terapevt, pediatr, ginekolog, jarroh, UTT xonalari taşkil etilib, tor doiradagi mutaxassislarning faoliyati yölga qöyildi va aholi ixtisoslaşgan tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniga ega böldi. Eng muhimi, mazkur tibbiyot maskanlarida ertalab soat 8:00 dan 20:00 gaça aholiga tibbiy xizmat körsatilmoqda.
Tibbiy körikdan ötkazilişi rejalaştirilgan 175 ming 13 nafar aholidan 174 ming nafari (99,4 foiz) körikdan ötkazilib, 45 ming 441 nafarida (36,5 foiz) turli kasallik belgilari aniqlangan. Bemorlar 100 foiz soğlomlaştirilgan, 39 ming 988 nafari (88,1 foiz) ambulator, 5 ming 453 nafari (12,0 foiz) statsionar, 170 nafari (0,4 foiz) sanatoriya-kurortlar şaroitida soğlomlaştirildi.
Homiladorlarni hisobga oliş  2017  yil  davomida 4033 ta (2016-yilda  3831 ta) bölgan, ötgan yilga nisbatan 202 ga köpaygan bölsa, tuğiliş körsatkiçi 2017-yilda 3509 ta bölib, ötgan yilga nisbatan 418 ga (2016-yil  3927 ta) kamaygan.
Tumanimizda 2017-yil davomida FHDYo bölimi tomonidan 1477 nikoh qayd qilingan bölib, bu körsatkiç 2016-yilga nisbatan 17 taga (2016-yilda – 1494 ta) kamaygan. Oilaviy ajrimlar 2017-yilda 93 ta bölib, yolğiz ona körsatkiçi 120 tani taşkil qilgan. Bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 31 taga kamaygan. Otaliqni belgilaş holati esa 346 tani taşkil qilib, ötgan yilga nisbatan 41 taga köpaygan.
 

Hurmatli sessiya iştirokçilari!

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2017-yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilinişi munosabati bilan joylarga çiqib xalq bilan muloqot qilib, ularning kundalik muammo va takliflarining joyida yeçimini topişda fuqarolar yiğinlarida 82 ta uçraşuvlar taşkil qilinib, 342 fuqarolarning muammo va takliflari joyida yeçildi.
2017-yil davomida fuqarolarimiz va tadbirkorlarimizdan 1 ming 738 ta yozma va oğzaki murojaatlar kelib tuşdi. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 253 ta, Xalq qabulxonasi orqali 175 ta, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 10 ta murojaatlar kelib tuşdi.
Murojaatlarning aksariyat qismi uy-joy va yer oliş (263 ta), dehqon va fermer xöjaliklari (86 ta), soğliqni saqlaş va ijtimoiy taʼminot (68 ta), moddiy yordam (63 ta),  quriliş (89 ta), işga joylaşiş va iş haqi (49 ta) masalalariga tegişlidir. Şuningdek, 25 ta takroriy murojaatlar kelib tuşgan.
Tuman hokimligi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini kamaytiriş, ularni ijobiy yeçiş, takroriy murojaatlarga yöl qöymaslik yuzasidan  tegişli çora-tadbirlar işlab çiqilgan va amalga oşirilmoqda.
 

Hurmatli deputatlar va sessiya iştirokçilari!
Endi ruxsatingiz bilan 2018-yilda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan işlar haqida ham töxtalib ötsam.
2018-yilning mamlakatimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili” deb eʼlon qilinişi munosabati bilan zamon talablariga javob beradigan texnologiyalarni olib keliş, faol tadbirkorlikka yanada keng yöl oçib beriş maqsadida rejalarimizni belgilab oldik.
2018-yilda 278 mlrd. sömlik (ötgan yilga nisbatan 126 foiz) sanoat mahsulotlari işlab çiqariş rejalaştirilmoqda. Buning uçun qiymati 89 mlrd. 203 mln sömlik investitsiyalar jalb qilinib, 136 ta loyihalarni amalga oşiriş va 571 ta yangi iş örinlarini yaratiş belgilangan.
Sanoat sohasini rivojlantiriş maqsadida 12 ta yirik loyihalar uçun 35 mlrd. 591 mln. sömlik investitsiyalar, xizmat körsatiş va servis sohasida umumiy qiymati 9,0 mlrd. sömlik 11 ta loyihalar, qişloq xöjaligi sohasida esa umumiy qiymati 5 mlrd. 333 mln. sömlik 4 ta loyihalar amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda.
Amudaryo tumanida 2018-yilda ijtimoiy soha obʼektlarini quriş va rekonstruktsiya qiliş Investitsiya dasturiga 16 mlrd. 995 mln. sömlik 17 ta obʼektlar kiritildi. Jumladan, “Qiliçboy” ovuli hududidagi 8-sonli maktab binosini rekonstruktsiya qiliş, “Çoyköl” ovuli hududida 42-sonli maktab binosini kapital taʼmirlaş, Qipçoq ponton köprigini rekonstruktsiya qiliş, “Oq oltin” qişloq oilaviy poliklinikasi binosini taʼmirlaş, “Quyi-Qipçoq” suv inşootini rekonstruktsiya qiliş, 12 ta suv obʼektlarini mukammal taʼmirlaş va rekonstruktsiya qiliş rejalaştirilmoqda.  
Muhtaram Prezidentimizning qişloq joylarda yangidan namunaviy loyihalar böyiça uy-joy qurilişi kölamini kengaytiriş böyiça qarorlariga asosan tumanimizda 2018-yilda 53 mlrd. 540 mln. söm mablağ evaziga 287 ta uy-joylar qurilişi rejalaştirilgan. Uy-joyga muhtoj, nogironligi bölgan va mehnatga layoqatlilik darajasi çeklangan 4 nafar fuqarolarga arzon uylarni ajratiş rejalaştirilgan.
Tumanda aholi bandligini taʼminlaş maqsadida Bandlik dasturi tasdiqlanib, bu yili 1240 ta yangi iş örinlari yaratilişi közda tutilgan.
Tumanda agrotexnik tadbirlar amalga oşirilişida qöllaniladigan 1 mlrd. 962 mln. sömlik texnikalar oliş uçun mablağlar ajratilişi közda tutilmoqda. Jumladan, “Agrobank”ning 5 foizlik kredit mablağlari hisobiga 1 mlrd. 48 mln. sömlik 4 dona texnikalar hamda lizing asosida 4 turdagi 414,0 mln. sömlik 18 dona texnikalar olib kelinişi rejalaştirilgan.
2018-yilda 15 ming 750 gektar maydonga çigit ekiş, 32 ming 575 tonna paxta yetiştiriş hamda davlat xirmoniga 7 ming 400 tonna ğalla hosili topşiriş rejalaştirilgan.

2018-yil hosili uçun jami 1200 gektar yerga aççiq qalampir va 500 gektar maydonga qizilmiya ekiş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, 157 mln. söm mablağ evaziga 16,3 ming dona intensiv meva köçatlarini xarid qilib, 20 gektar maydonda intensiv boğ barpo qiliş közda tutilmoqda. Qolaversa, 280 mln. sömga 60 ming dona tok köçatlari xarid qilib, 17 ta xöjaliklardagi 50 gektar tokzorni yangidan barpo qiliş böyiça çora-tadbirlar belgilangan. Natijada iqtisodiy samara bermayotgan 10 gektar boğlar va 10 gektar tokzorlar rekonstruktsiya qilinadi.
 

Hurmatli deputatlar va sessiya iştirokçilari!
Fursatdan foydalanib, Siz – aziz deputatlarni, tumanimiz faollarini xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oşirişda muhim davr bölgan 2018-yilda tumanimizni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantiriş dasturlarini amalga oşirişda fidoyilik bilan, faol iştirok etgan holda mamlakatimizning iqtisodiy rivojiga, aholi turmuş farovonligining yanada yaxşilanişiga hissa qöşişga çaqiraman. Bu yölda barçangizga soğlik, oilalaringizga baxt, işlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman!

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026