Xalqaro Bolalar kitobi kuni munosabati bilan "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyati viktorina ötkazdi
Xalqaro bolalar kitoblari kengaşi tomonidan bolalarni kitobxonlikning ahamiyatini anglaşga daʼvat etiş maqsadida 1967-yilda 2-aprelni – Xalqaro Bolalar kitobi kuni sifatida nişonlaşga qaror qilingan.
Bolalar kitobi kuni sifatida aynan şu sananing tanlanişi bejiz emas. Sababi, 2-aprel kuni jahon bolalarining sevib öqiydigan ertaklari muallifi Gans Xristian Andersen tavallud topgan kun. Uşbu sana şundan beri bolalar kitobxonligi tarğib etiladigan kun sifatida dunyo böyiça keng nişonlanadi.
Xalqaro bolalar kitobi kunida turli bolalar kitoblari körgazmalari, tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, xilma-xil aktsiyalar ötkaziladi.
2-aprel kuni tumanimizda ham bolalar örtasida kitobxonlik madaniyatini oşiriş, ularning badiiy adabiyotga bölgan qiziqişlarini, kitob öqişga intilişlarini yanada kuçaytiriş hamda hayotda ezgu maqsadlarga erişişda kitob eng töğri yölni körsatuvçi işonçli döst ekanligini anglatiş maqsadida “Taraqqiyot közgusi” gazetasi muxbirlari va “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti xodimlari öquvçi-yoşlar örtasida sörovnomalar ötkazib, viktorina taşkil qildi.
Viktorinada öquvçi yoşlarga 2-aprel – qanday kun sifatida nişonlanişi, yurtimizda kitobxonlik madaniyatini oşiriş va tarğib qiliş böyiça qanday çora-tadbirlar körilayotgani, qanday tanlovlar ötkazilayotgani, bolalarning qança kitob öqiganligi va qanday kitoblarni köproq mutolaa qilişga qiziqişlari haqidagi savollar berildi va faol qatnaşgan yoşlarga kitoblar sovğa qilindi. Yoşlarimizning bu savollarga qanday javob berganligiga guvoh bölib, şunga amin böldikki, ular hali yetarli darajada kitob öqiyapti, deya olmaymiz. Bu esa kitobxonlikni tarğib qiliş böyiça tadbirlar kölamini yanada oşiriş va kutubxonalarda kitoblar sonini köpaytiriş, yoşlarni kutubxonaga jalb etiş, qolaversa, oilada ota-onalar ham farzandlariga kitob öqişlariga imkoniyat yaratişlari zarurligidan dalolat beradi.
Kitob – hayot yölini yorituvçi yorqin maşʼala. Kitob bilan döstlaşiş insonni yuksaklikka olib çiqadi va unga jahonni tanitadi. Şu bilan birga kitoblar zamon va elat tanlamasdan, doimo insonlarga hamroh bölib kelgan. Buni yoş avlodga ham anglatib, ularni kitobga oşno qiliş, bolalarimizning komil inson, kelajakning munosib egalari bölib voyaga yetişlariga zamin yaratiş – har birimizning asosiy vazifamiz.
Ozoda XUDOYBEPGANOVA
(Foto: Fikr.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶