Tadbirkorlar bilan uchrashuv
Mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan qator imtiyoz va yengilliklar berilib, ortiqcha toʻsiqlar bartaraf qilinmoqda.
Yaqindagina qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori ham mana shu ishlarning mantiqiy davomi boʻldi.
Tuman hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda shu va boshqa qonun hamda normativ-huquqiy hujjatlar bilan tadbirkorlarga, soha rivojiga berilayotgan eʼtibor haqida soʻz bordi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev, tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, hokimlik masʼullari va tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaroriga asosan Amudaryo, Xoʻjayli, Chimboy, Qoʻngʻirot, Beruniy va Taxiatosh tumanlarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va boʻsh turgan obʼektlar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.
Kichik sanoat zonalari hududidagi tadbirkorlik subʼektlariga davlat koʻchmas mulki obʼektlari loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvlarni bajarish hamda barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 5-yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.
Shuningdek, davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining “nol” stavkasi belgilanadi. Kichik sanoat zonalarida 2020-yilning 1-fevraliga qadar yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi. Mazkur kichik zonalarda amalga oshiriladigan investitsiya loyhalarini moliyalashtirish uchun 75 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari ochilmoqda.
Yigʻilishda ishtirokchilarga yangi kredit liniyalari, istiqbolli loyihalar haqida keng tushunchalar berildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶