21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:08
Sport 👁 4,009

MANGʻITNING YoRQIN SPORT YuLDUZI

MANGʻITNING YoRQIN SPORT YuLDUZI

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishga eʼtibor tobora kuchaytirilayotgani bois, bugungi kunda yoshlar orasidan nufuzli bellashuvlarning, xalqaro musobaqalarning koʻplab gʻoliblari yetishib chiqmoqda. Eʼtibor va ragʻbat ularning qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga va oʻz ustlarida tinimsiz shugʻullanishga undamoqda.

Sportdagi yutuqning asosi mehnat, deyishadi soha mutaxassislari. Barcha jabhalarda ham mehnatsiz muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Lekin sportning biror turiga qiziqqan oʻgʻil-qizning mahorati albatta, mashqlar davomida sayqallanishini hammamiz bilamiz.

Elyor Masharipov taniqli polvon Chorsham Tajimurodov rahbarligidagi 1-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining dzyudo kurashi toʻgaragiga kelib, ilk mashqlarini oʻtagan davrlarida hali maktabning boshlangʻich sinfi oʻquvchisi edi.

Dastlabki mashqlaridayoq chapdast, uddaburon va kuchliligi koʻrinib turgan bolakay darrov ustoz eʼtiborini tortdi. Chorsham Tajimurodov Elyor bilan erinmay, qunt bilan shugʻullandi. Alohida mashqlar ham oʻtdi. Shogird-ustozning tinimsiz mehnatlari yillar oʻtib, turli musobaqalarda oʻz natijalarini koʻrsatdi. Elyor dastlab tuman miqyosidagi, Qoraqalpogʻiston respublikasi miqyosidagi musobaqalarda muvaffqiyatli qatnashgan boʻlsa, umumtaʼlim maktabini tugatish arafasida Oʻzbekiston  chempioni boʻldi. Chirchiqdagi Olimpiya zahiralari sport kollejida tahsil olgan yillari Elyorning kamolot yillari boʻldi, desak adashmaymiz. Bu yutuqlari evaziga u oʻtgan yili Qoraqalpoq Davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti talabaligiga imtihonsiz qabul qilindi.

Shu yilning iyun oyida Ukrainada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi dzyudo kurashi boʻyicha Yevropa kubogi ochiq chempionatida Elyor Masharipov oʻz vazn toifasida bronza medalini yengib oldi. Musobaqada oʻz vazni boʻyicha uchinchi oʻrinni zabt etgani Elyorga shu yilning 6-17-iyul kunlari Rossiyaning Qozon shahrida boʻlib oʻtadigan XXVII jahon yozgi Universiadasida sportning 14 turi boʻyicha ishtirok etadigan Oʻzbekiston yoshlari safida qatnashish imkonini berdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar va kattalar dzyudo terma jamoalari aʼzosi Elyor shu yil Koreyada boʻladigan yoshlar jahon chempionatida, Braziliyada boʻladigan kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham qatnashish huquqlarini qoʻlga kiritdi.

Elyor Masharipov 27-iyul - 3-avgust kunlari Chexiyaning Liberek shahrida Yevropa kubogi chempionatida qatnashib, faxrli birinchi oʻrinni yengib oldi.

Xushxabarning qanoti bor, deyishadi. Kuragi yerga tegmagan taniqli polvon, koʻplab milliy, sambo kurashining taniqli polvonlarini tarbiyalab, voyaga yetkazgan murabbiy, faxriylar oʻrtasida milliy kurash boʻyicha jahon chempioni Shomurod Masharipovning kenjatoy farzandi Elyorning gʻalabasi  tumanimizga tezda tarqaldi. Oʻspirin yigit jahon miqyosida gʻolib boʻlib, uning sharafiga davlatimizning bayrogʻi koʻtarilib, madhiyasi yangrasa, quvonmay boʻladimi? Jahon xaritasida kichkinagina oʻrinni egallab turgan shu moʻʼjaz yurtimizning dovrugʻini dunyoga yoygan oʻgʻlonning gʻalabasi goʻyo bayram boʻldi. Elyorni, otasi Shomurod polvonni, onasi Soliya opani qutlab kelganlarning bir necha kun oyogʻi uzilmadi. Mangʻit shahrining soʻlim goʻshalaridan biri - "Shomurod polvon” toʻyxonasida bir necha kun haqiqiy toʻy boʻldi. Tashrif buyuruvchilarning oldiga Elyorning akasi Doniyor quvona-quvona dasturxon yozdi.

- Elyorning ilk mashqlariyoq uning kelajagiga umid qilish  mumkinligini koʻrsatib turardi. Esimda, u dastlab sport maktabimizga kelganida 8-9 yoshlarda edi, - deydi ilk ustozi Chorsham Tajimurodov. – Qarasam epchil, chapdast, vaziyatni baholay olishi va shunga monand  harakat qilishidan quvondim va oʻzgacha ixlos bilan shugʻullandim. Elyor qatnashgan musobaqalarga, respublikamizning turli hududlariga doim birga borib, unga dalda boʻlishga intilardim. Har safargi gʻalabasida oʻzimda yoʻq quvonardim.

Uning ilk ustozi boʻlganimdan baxtiyorman.

Dunyoda ota-ona borki, bolam, deb yashaydi. Bekam-u koʻst voyaga yetkazib, yaxshi oʻgʻil-qiz boʻlib yetishishini orzu qiladi. Shunga intiladi. Orzularining roʻyobga chiqishi esa ota-onaga tuganmas baxtdir.

Shomurod polvonlar oilasini haqli ravishda sportchilar oilasi, deb aytish mumkin. Asli sport murabbiysi boʻlgan Shomurod Masharipov va turmush oʻrtogʻi Soliya opalar farzandlarining maktabda aʼlo oʻqishi bilan bir qatorda sport bilan shugʻullanishlariga ham eʼtibor berishdi. Ota-onaning mehnatlari oʻz samarasini berdi: katta oʻgʻil Doniyor sambo kurashi bilan shugʻullanib, koʻpgina yutuqlarga erishdi. Respublika miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etib, sovrindor boʻldi. Keyinchalik sogʻligi toʻgʻri kelmaganligi uchun tadbirkorlik yoʻlini tutdi. Mangʻitda muhtasham toʻyxona qurib, ishga tushirdi va yurtdoshlarimizning xizmatini qilayapti. Qizlari Muborak jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Ozoda tarbiyachi, basketbol boʻyicha tuman terma jamoasi faol aʼzosi, Nilufar matematika fani oʻqituvchisi boʻlsa-da, tumanimiz voleybolchi qizlari safida, Muyassar talabaligida ikki marta student yoshlarning eng ulkan bellashuv maydoni - universiada musobaqalarida voleybolchilar safida ishtirok etib, jamoasi gʻalabalariga munosib ulush qoʻshgan boʻlsa, Guloyim tennischi - 1-BOʻSMda yosh oʻgʻil-qizlarga sportning mazkur turi boʻyicha murabbiylik qiladi. Gulshod Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida kimyo fanidan dars beradi, uning ham sport doim hamrohi. Oilaning kenjatoyi Elyor esa bugun butun dunyoga polvon boʻlib tanildi.

- Butun hayotimni tumanimizning sportini rivojlantirishga bagʻishladim. Sport ustaligiga nomzodlar, Oʻzbekiston chempionlarini tarbiyalab, yetishtirdim. Dunyoning menman, degan polvonlari bilan bel olishib, gʻolib boʻldim. Faxriylar oʻrtasida jahon chempioni boʻldim. Lekin hayotimdagi eng ulkan yutugʻim – oʻgʻlimning ana shunday polvon boʻlib yetishgani boʻldi.

Farzandlarimning hammasi sportchi, maqtaydigan muvaffaqiyatlari koʻp. Biroq 20 yoshda bunchalik yutuq kamdan-kam odamga nasib qiladigan baxt. Iloyo, oʻgʻlim doim Oʻzbekistonimizning sport sharafini yuqori koʻtaraversin, - deydi Elyorning otasi Shomurod Masharipov.

- Oʻgʻlingiz davrada kurash tushayotgan damlarida koʻnglingizdan nimalar kechadi? – qiziqib soʻradim Elyorning onasi Soliya opadan.

- Shu kenjatoyim chet elga ketsa, ilojim yoʻq, oʻzimizda yurganida u qayerda boʻlsa, men ham shu yerdaman. Vaqtida ovqatlanib, dam olib, mashq qilishiga gʻamxoʻrlik qilaman. Musobaqalarda davraga tushish oldidan bagʻrimga bosib, yaxshi tilaklar aytaman. Sizga yolgʻon tuyular, oʻzimga chin, Elyor davradaligida jonim qil ustida turadi, goʻyo. Iloyim, biron joyi lat yemasin, deb qaygʻuraman (kurash-kurashda axir), xudodan bolamga kuch-quvvat soʻrayman. Ming qatla shukur, yuzimizni yerga qaratayotgani yoʻq.

Soliya opa koʻzlaridan sevinch yoshlari sizib chiqqanini ham  sezmay, oʻgʻli haqida toʻlqinlanib gapiradi. Quvonchining chegarasi yoʻq.

Elyor Masharipov bilan suhbatimiz ham Chexiyada boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Yevropa chempionati haqida boʻldi.

- Elyor, avvalo Yevropa chempioni boʻlganligingiz bilan tabriklayman, - yuzlanaman polvonga.

- Rahmat!

- Ayting-chi, Liberekka borib, oʻz vazn toifangizda Yevropa miqyosida eng baland shohsupani zabt etdingiz. Sizning sharafingizga madhiyamiz yangrab, bayrogʻimiz yuqori koʻtarilgan damlarda koʻnglingizdan nimalar kechdi?

- Bilasizmi, London olimpiadasi gʻoliblarini taqdirlash marosimida Yurtboshimiz mamlakatimizda sportga berilayotgan eʼtibor, shart-sharoitlar, gʻamxoʻrliklar hali koʻp yutuqlarga zamin boʻladi, - degandilar. Mening yutugʻim ham har bir bolasiga shunchalar gʻamxoʻrlik qilib, voyaga yetkazayotgan mamlakatim tufayli, Yurtboshimizning eʼtibori tufayli desam, mubolagʻa boʻlmas. Liberekdagi gʻalabamga kelsak, buni soʻz bilan taʼriflay olmayman. Shu lahzalarda shohsupada oʻzim emas, oʻzim tugʻilib oʻsgan, dzyudoning ilk mashqlarini olganim - Mangʻit, ota-onam, oʻzim oʻqiyotgan oliygohim, butun Oʻzbekiston turganday boʻldi. Bir farzand sifatida yurtimga yorugʻ yuz bilan qaytdim.

Umuman joriy yilning yozi Elyor uchun muvaffaqiyatlar pallasi boʻldi. Uning Yevropa kubogida erishgan yutugʻi nafaqat tumanimiz, balki mamlakatimiz sport tarixiga zarhal harflar bilan bitilib qoldi: Elyor Masharipov – Yevropa chempioni boʻldi! Musobaqaning oltin medalini halol yengib oldi!

Istiqlol yillarida mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlod kamoloti yoʻlidagi saʼy-harakatlarning bir mevasi - 20 yoshli mangʻitlik polvon gʻalabasidan barchamiz birdek quvonib:

"Iloyo kuraging hech qachon yerga tegmasin”, deb qolamiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026