SPORT XABARLARI
Yaqinda sportning stol tennisi turi boʻyicha 11 yoshdan kichik va 12 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Nukus Olimpiya zahiralari kollejida musobaqa boʻlib oʻtdi.
Musobaqada tumanimizdagi BOʻSMning stol tennisi boʻyicha murabbiylari Xurshid Ismoilov hamda Fozil Eshchonovlarning shogirdlari faol ishtirok etdilar.
Jumladan, Dilshod Rajabov 13-15 yoshdagi sportchilar oʻrtasida 1-oʻrinni, Jamshid Baxtiyorov va Sevinch Rajabovalar 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
***
Nukus shahrida 10-11-fevral kunlarida oʻzbek jang sanʼati boʻyicha oʻsmirlar va katta yoshdagilar oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chempionati boʻlib oʻtdi.
Chempionatda tumanimizdagi BOʻSMda sportning jang sanʼati turi boʻyicha shugʻullanayotgan sportchilar ham ishtirok etdilar.
Ulardan L.Jumaboyeva, D.Yoʻldoshev, A.Matyoqubov, B.Xudoyberganovlar 2-oʻrinni, Yo.Aminova, H.Madrahimov, R.Ibrohimov, O.Jumaboyev, B.Jumaboyev, R.Farhodov, B.Nuramova, S.Normatovlar esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldilar.
Musobaqa tashkilotchilari yosh sportchilarga jang sanʼatini oʻrgatgan mohir murabbiylar Mahmud va Murod Safarboyevlarga minnatdorchilik bildirishdi.
Shuningdek, Nukus shahrida Taekvando sporti boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi kubogi uchun oʻtkazilgan musobaqada tuman BOʻSMdan D.Bozorboyev faol ishtirok etib,
***
Tumandagi BOʻSMda shaxmat boʻyicha shugʻullanayotgan oʻgʻil-qizlar mahoratli murabbiy Rahmatjon Rahimovdan shaxmat oʻyinining sir-asrorlarini puxta oʻrganishmoqda.
Yanvar oyida Toshkent shahrida shaxmat boʻyicha 8, 10, 12 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Chempionatida Rahmatjon Rahimovning shogirdlari faol ishtirok etdilar.
Ulardan Shohjahon Mamatsalayev va Sevinch Safarboyevalar yutuqli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar.
Nukus shahrida ayol-qizlar oʻrtasida 1-3-fevral kunlarida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Qoraqalpogʻiston chempionatida qatnashgan Sadoqat Rahimova ham gʻolib boʻlib, 3-oʻrinni egalladi.
Murabbiy Rahmatjon Rahimov esa kattalar oʻrtasida yanvar oyida Qoraqalpogʻiston chempionligi uchun oʻtkazilgan musobaqada ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶