Amudaryolik hojilar haqida kitob chop qilindi
"Amudaryolik hojilar". Mangʻit shahrida yashovchi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi xalq oʻqituvchisi, tarixchi va islomshunos, xalq taʼlimi faxriysi Qodirbergan hoji Jumamurod oʻgʻlining “Movarounnahr” nashriyotida chop etilgan navbatdagi asari shunday nomlanadi.
Oʻzining tarixiy mavzudagi “Amudaryolik ziyokorlar”, “Amudaryoda kasb-hunar taʼlimining yuzaga kelishi”, “Umrim manzillari”, “Jayxun farzandlari”, “Mangʻitlik hofiz” kabi tarixiy-avtobiografik hujjatli qissalarni hamda uslubiy risolalari bilan tuman maʼnaviy hayotiga katta hissa qoʻshgan Qodirbergan hoji Jumamurod oʻgʻlining “Amudaryolik hojilar” kitobi keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
Kitob ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismida mustaqillik yillarida muqaddas Haj ziyoratini ado etgan amudaryolik hojilar hayoti va faoliyati, haj taassurotlari joy olgan. Kitobning ikkinchi qismi “Moʻʼmin kishining orzusi” deb nomlangan va unda muallifning muqaddas Haj ziyoratidan olgan taassurotlari bayon etilgan.
Shuningdek, kitobdan tasavvuf va tariqat ilmining donishmandlari hayotiga oid hikoyalar, hikmatlar ham joy olgan.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶