Iqtisodiyot
👁 1,189
Özbekistonda elektr energiyasidan unumli foydalaniş maqsadida yangilik joriy qilinmoqda
1-yanvardan boşlab elektr energiyasi isteʼmolçilari işlatilgan energiya haqini turli tariflarda tölaydi. Bu haqda ÖzA maʼlum qilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 29-dekabrdagi qaroriga muvofiq, pişgan ğişt, gips, tsement va boşqa mahsulotlar işlab çiqaruvçi, şuningdek, muayyan xizmatlar körsatuvçi (restoranlar, kafelar va boşqalar) isteʼmolçilar ulangan quvvati 750 kVA bölgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun tölovlarni ösib boruvçi koeffitsiyentlar va tariflarga muvofiq amalga oşiradi.
Mazkur turdagi isteʼmolçilarga elektr energiyasi uçun tölovlar tiğiz paytda belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar qimmat, tunggi davrda 1,5 baravar arzon böladi. Yarim tiğiz vaqtdagi narxlar esa özgarişsiz qoladi.
«Özbekenergo» aktsiyadorlik jamiyatidan maʼlum qilişlariça, ayni vaqtda elektr energiyasining 1 Kvt uçun amaldagi tarif 204 söm 30 tiyini taşkil etmoqda. Yangi tarifda esa tiğiz vaqtda işlatilgan energiya uçun bu körsatkiç 306 söm 45 tiyin, tungi vaqt uçun esa 136 söm atrofida belgilanişi kutilmoqda.
Tabaqalaştirilgan tarif sutka vaqtining quyidagi zonalari böyiça qöllaniladi:
tiğiz vaqt – soat 6.00 dan 9.00 gaça va 17.00 dan 22.00 gaça
tungi vaqt – soat 22.00 dan 24.00 gaça va 00.00 dan 06.00 gaça
yarim tiğiz vaqt – soat 9.00 dan 17.00 gaça

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶