ÖZBEKISTONNING DÖSTONA TAŞQI SIYoSATI – TARAQQIYoT VA RIVOJLANIŞ GAROVI
Mamlakatimizning olib borayotgan taşqi siyosati asosini davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi daxlsizligi, milliy manfaatlar ustuvorligi, umuminsoniy qadriyatlar, tinçlik va xavfsizlik, özaro hurmat kabi tamoyillar taşkil etadi. Bu haqda davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev diplomatik missiyalar rahbarlari bilan bölgan uçraşuvlarning birida “... Özbekiston Respublikasi mustaqillikka erişgan dastlabki kunlardan boşlab puxta öylangan taşqi siyosatni izçil amalga oşirib kelmoqda. Uning zamirida xalqimizning köp asrlik tarixi, madaniyati, anʼana va qadriyatlari, ezgu orzu-intiliş va manfaatlari mujassamdir. Özbekistonning taşqi siyosati Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomida mustahkamlab qöyilgan asosiy huquqiy tamoyillarga va Konstitutsiyamizga, mamlakatimiz öz zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarga töliq mos holda amalga oşirilmoqda”, deya taʼkidlagan edilar.
Davlatimiz, avvalo, qöşni mamlakatlar bilan yaxşi qöşniçilik, döstlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratmoqda. Şu bilan birga Özbekiston Respublikasi qöşni davlatlar bilan özaro manfaatli aloqalarni yangi bosqiçga kötarişni muhim vazifa deb biladi. Mamlakatimiz taşqi siyosatida qöşni mamlakatlar bilan özaro hurmat, bir-birining manfaatlarini tan oliş asosida va xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq tarzda yanada samarali hamkorlik örnatilişi yölga qöyilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti qöşni Turkmaniston, Qozoğiston va Qirğiziston davlatlariga taşrif buyurib, keng kölamli aloqalarning yangi bosqiçga kötarilişiga zamin yaratdi. Bu taşriflar mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlik rivojiga asos bölmoqda.
Davlatlar örtasida muloqotlarda iqtisodiy va ijtimoiy soha, xavfsizlik, savdo, sanoat, eksport, turizm, yuqori texnologiyalarni tatbiq etiş kabilar asosiy örin tutmoqda.
Mamlakatlar örtasidagi bu tarzda olib borilayotgan siyosat, özaro hamkorlik va kelişuvlar, mustahkam döstona munosabatlar barça davlatlarning yanada ravnaq topişiga, xalq farovonligi ortişiga xizmat qiladi.
O.XUDOYBERGANOVA tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶