16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:21
Sport 👁 4,278

"Umid nihollari"ning tuman bosqichi oʻtkazildi (+Video)

"Umid nihollari"ning tuman bosqichi oʻtkazildi (+Video)



Kuzgi taʼtil kunlarida tumanimizdagi 7 ta – Mangʻit shahri, shahar atrofi, Qilichboy, Xitoy, Jumurtov, Qipchoq va Toʻlqin hududlari maktablarining 1-4-sinf oʻquvchilari mazkur musobaqaning tuman bosqichida shaxmat, shashka, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, mini futbol, yengil atletika turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.

Musobaqaning hududiy bosqichlar gʻoliblari tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻtkazilgan tuman bosqichida ishtirok etdi. Murosasiz kechgan bellashuvlarda sportning shaxmat turidan 40-sonli maktab oʻquvchisi Amirxon Rahimov birinchi oʻrinni, 27-sonli maktab oʻquvchisi Behruz Allamberganov ikkinchi, 48-sonli maktab oʻquvchisi Ruslan Ismoilov uchinchi oʻrinni egalladi. Shaxmatchi qizlar orasida 40-sonli maktab oʻquvchisi Sevinch Safarboyeva birinchi, 50-sonli maktab oʻquvchisi Dilnura Yursinova ikkinchi, 56-sonli maktab oʻquvchisi Dinora Boltaboyeva uchinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, 9 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida Sohibjon Saidmahmudov birinchi, Doston Kamolov ikkinchi, Otabek Murodboyev uchinchi oʻrinni, qizlar orasida esa Gulsevar Safarboyeva birinchi, Xolida Yalgʻasheva ikkinchi, Umida Toʻliboyeva uchinchi oʻrinni egalladi.

Sportning shashka turidan Botir Omonboyev birinchi, Qudrat Hayitboyev ikkinchi, Joʻrabek Yalgʻashev uchinchi, qizlar oʻrtasida Nurgul Reyimboyeva birinchi, Farida Yalgʻasheva ikkinchi, Enargul Gʻoyipova uchinchi oʻrinni zabt etishdi.

Mini futbol musobaqalarida 33-sonli maktab jamoasi birinchi, 37-sonli maktab jamoasi ikkinchi, 41-sonli maktab jamoasi uchinchi oʻrinni yengib oldi.

Yengil atletika boʻyicha musobaqalar ham juda qizgʻin va murosasiz kechdi. 30 metrga yugurish boʻyicha Navroʻzbek Nazarboyev birinchi, Farruh Abdullayev ikkinchi, Adham Nurullayev uchinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, qizlar oʻrtasida Sohiba Jumamurobov, Shohida Abdullayeva, Umida Boltaboyevalar mos ravishda birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egalladilar.

Turgan joyidan uzunlikka sakrash boʻyicha musobaqalarda Dilshodbek Davlatboyev, Timur Rahimov va Sadaddin Yoʻldoshevlar kuchli uchlikni band qilishdi. Ushbu sport turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda qizlar orasida Dilbar Yursinova birinchi, Shahlo Quvvatova ikkinchi, Dilafroʻz Baxtiyorova uchinchi oʻrinni egalladi.

Tennis toʻpini nishonga otish boʻyicha oʻyinlarda Doston Gulmirzayev birinchi, Timur Rahimov ikkinchi, Bahovuddin Fayzullayev uchinchi, qizlar orasida Umida Boltaboyeva birinchi, Dilnoza Ollayorova ikkinchi, Sohiba Jumamurodov uchinchi oʻrin sohib va sohibalari boʻlishdi. Sport gimnastikasi boʻyicha esa Hakimboy Kenjayev va Dilnoza Qodirovalarga teng keladigani topilmadi. Musobaqalarning tuman bosqichida gʻolib boʻlgan yosh sportchi oʻquvchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi va kelgusi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026