OILAVIY POLIKLINIKA XIZMATIDAN AHOLI MAMNUN
Tibbiyot maskaniga salomatligidan şikoyati bor insonlar şifokorlardan najot kutib taşrif buyuradilar. Har qanday bemorga u murojaat qilgan şifokorning eng avvalo şirin sözlari taskin böladi va şifo topişiga umid uyğotadi. Şundan sönggina bemor muolajalar yordamida salomatligini tiklab oladi.
Köp yillardan beri soğlikni saqlaş sohasida faoliyat körsatib kelayotgan şifokor Rustam Xidirboyev ham bemorlar dardiga davo topib, ularning salomatligi tiklanişiga hissa qöşib kelmoqda. Mutaxassisligi bolalar şifokori bölgan Rustam Xidirboyev 1981-88-yillarda Toşkent şahridagi Örta Osiyo tibbiyot pediatriya institutida tahsil oldi. Öqişni tugatganidan söng tumanda iş faoliyatini silga qarşi dispanserda ftiziopediatr bölib işlaşdan boşladi. Bir yildan keyin bolalar poliklinikasida belgilangan hudud böyiça bolalar şifokorligi vazifasiga ötdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida öz işini sidqidildan bajarayotgan Rustam Xidirboyevni "Qipçoq” qişloq vraçlik punktiga mudir qilib tayinlaşdi. Zimmasidagi masʼuliyatni şaraf bilan ado etib kelayotgan Rustam Xidirboyev nafaqat qipçoqliklar uçun, balki "Çoyköl”, "Tölqin”, "Daryoböyi”, "Uyşin” va "Beştom” ovullarida yaşovçi barça aholi uçun qadrdon bölib qoldi. Çunki, aholi içida kimni qanday dard bezovta qilsa, darhol mana şu maskanga taşrif buyurib, bu yerdagi şifokorlarning tezkor yordamlaridan bahramand bölmoqda.
– Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev soğlikni saqlaş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça tegişli körsatmalar berib kelmoqdalar, – deydi 1-sonli qişloq oilaviy poliklinikasi mudiri Rustam Xidirboyev. – Mazkur körsatmalarga asosan tizim tubdan isloh qilinmoqda. Tumanimizda qişloq oilaviy poliklinikalarining taşkil etilganligini sohadagi islohotlardan biri sifatida eʼtirof etişimiz mumkin. Aholiga qulaylik yaratiş va sifatli tibbiy xizmatga, birlamçi tibbiy-sanitariya xizmatiga bölgan ehtiyojini qondiriş maqsadida amalga oşirilayotgan islohotlar xalqqa juda manzur bölmoqda.
Şu yilning may oyida işga tuşirilgan 1-sonli qişloq oilaviy poliklinikasida terapevt, pediatr, akuşer-ginekolog, stomatolog, jarroh va ultratovuş taşhisi böyiça mutaxassis-şifokorlar aholiga xizmat körsata boşladi. Poliklinika "Salomatlik - 2”loyihasi böyiça tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Undan taşqari, poliklinikaga tez yordam maşinasi ham biriktirilgan.
Yaqin kunlar içida tumanimizdagi poliklinikalarda yanada yaxşiroq qulayliklar yaratilib, işdagi samaradorlik ortişiga imkon böladi.
Ozoda Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶