ĞOLIB SPORTÇILAR ANIQLANDI
Barça sohalarda bölgani kabi mamlakatimiz sport sohasida ham "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat Dasturi doirasida turli xil musobaqalar, turnirlar ötkazilayotgani qobiliyatli va kuçli sportçilar safining oşişiga xizmat qilmoqda.
Şu yilning 16-17-avgust kunlari bölib ötgan Qoraqalpoğiston Respublikasining kuraş böyiça VII "Teleturnir – 2017” musobaqalari kuraş sporti böyiça yangi nomlarni kaşf etdi. 2003-2004-yillarda tuğilgan ösmir öğil bolalar va qizlar örtasida ötkazilgan "Teleturnir – 2017”musobaqalariga bizning Amudaryo tumanimiz mezbonlik qildi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasining barça tuman va şaharlaridan kelgan iqtidorli yoş polvonlar töqqizta vazn toifasida özaro kuç sinaşdilar. Keskin kuraş, döstlik va adolat tamoyillari asosida ötgan musobaqalarda tumanimiz jamoasi Möynoq tumani jamoasini 8:1, Taxiataş şahri sportçilar jamoasini 7:2 hisob bilan yengib, musobaqaning final bosqiçida Nukus şahri jamoasini 7:2 hisobida mağlubiyatga uçratdilar va "Teleturnir – 2017” musobaqalarining 1-poğonasidan joy oldilar.
Musobaqa yakuniga köra, tumanimiz sportçilari birinçi, Nukus şahri ikkinçi, Xöjayli tumani va Taxiatoş şahri jamoalari uçinçi örinni egalladilar.
Musobaqa ğoliblari Qoraqalpoğiston Respublikasi sport qömitasi, Respublika Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi hamda Kuraş federatsiyasi tomonidan kubok, medallar hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
Uşbu musobaqada tumanimiz şarafini himoya qilgan sportçilar Zokir Boltaboyev, Rustam Yöldoşev, Şohruh Sobirov, Anvar Tojiboyev, Sardor Agaboyev hamda ularning murabbiyi Zulhijja Xudoyorovaga, sportçilar Sanjar Murodboyev va Şahnoza Yangiboyevalarga murabbiylik qilgan Pölat Kumekovga, polvon qiz Mahbuba Kenjaboyeva hamda uning murabbiyi Tazaboy Matçanovlarga tumanimiz sportini rivojlantiriş borasidagi samarali faoliyatlari uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi sport qömitasi tomonidan minnatdorçilik bildirildi.
Bu yutuqlar, albatta, sportçilarimizni yanada yuksakroq marralarni közlab yaşaşga undaydi.
Maqsud Kenjayev, BÖSM direktori örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶