Bolalar ijodidan
Ota kasbi
(Zamonaviy ertak)
Bir bor ekan, bir yöq ekan, şu özimizning zamonda, Amudaryoning çap qirğoği tomonida bir uyçada çol bilan kampir yaşar ekan. Ularning yakka-yu yagona bitta öğil nabirasi bölib, çol-kampirning vafot etgan öğlidan qolgan farzandligi uçun ismi Yodgor ekan. Çolning ota kasbi tandirçilik bölib, tandir yasab, zörğa kun keçirar ekan. Çol va kampir juda qari bölsalar-da loy qorib, 3-4 kun deganda bitta tandirni yasaşarkan. Nabirasi esa keça-kunduz uxlar ekan. Çol uni ham işga qöşay desa, kampir beçora nabirasini ayab, uni işlatişga qöymabdi. Çol bilan kampirning yoşi bir joyga borib, ularning işlaşga holi qolmabdi va çol Yodgorga ota kasbi – tandirçilikni örgatişga majbur bölibdi. Yodgor çolning ming qistovida tandir yasaşni örganibdi. Ammo uning xayolida havoyi orzular – tandir yasaş emas, balki dunyo kezib, boyib ketiş ekan.
Kunlarning birida Yodgor:
– Men bu xilvat uyda yaşamayman, dunyo kezişni va pul topib, boyişni hohlayman, – deb çol bilan kampirning hay-haylaşiga qaramay, yölga otlanibdi. Noiloj qolgan çol nabirasiga:
– Öğlim, sen menga öğlimdan yodgorimsan. Mening suyançiğim eding. Mayli, sen olam yuzini körişni xohlar ekansan, oq yöl. Men sening ota kasbing – tandirçilikni tutişingni istagan edim. Senga tandir yasaşni örgatdim. Endi senga bir sirni oçay, – debdi va nabirasini hovlisi örtasidagi bir mevali daraxt yoniga olib kelib:
– Yodgor, mana şu daraxt ostidagi tuproq möʼjizaga ega. Sen bir kunmas-bir kun qaytib kelib, daraxt tagidan tuproq olib, undan loy qori. Ana şu loydan tandir yasab, quyoş nurida tobla. Şunda körasan, tandir tillalarga aylanadi. Ana şunda orzuingga yetasan, – debdi.
Kunlar, oylar, yillar ötib, Yodgor öz orzusi sari borib, köp yurtlarni kezib, sarson bölibdi, heç qanday boylik orttirmabdi. Aksinça, eydigan nonini zörğa topibdi va yana öşa uyçaga – bobo-buvisinikiga qaytibdi. Ne köz bilan körsinki, uyça huvillab qolgan. Çol bilan kampir olamdan ötgan edi. Yodgor uzoq vaqt afsus çekibdi va ança yillar oldin bobosi aytgan gap quloği ostida jaranglabdi. U sergak tortib, ketmon, belkuragini elkasiga taşlab, hovliga çiqibdi. Mevali daraxt ham çol bilan kampir singari göyo ölgandek edi. Yodgor uning ostidagi tuproq qançalik qattiq bölişiga qaramay, ön-ön beş martalab ağdarib, loy qorib, tandir yasabdi va quyoşda toblabdi. Ança vaqt tandirga tikilib ötiribdi. Ammo heç qanday özgariş bölmabdi. Oxiri umidini uzib, uy oldidagi supaga borib ötiribdi. Bir vaqt uyi oldidan notaniş odam ötib qolibdi:
– Ey, öğlim, men falon joyni topa olmay adaşib qoldim, keç tuşdi, manzilimga ham yetolmayman, – debdi. Yodgor uni uyiga taklif etibdi. U hovli örtasidagi tandirni körib, hayratlanibdi va tandirni sotib olmoqçi bölib, ön tilla taklif qilibdi. Bundan quvongan Yodgor tandirini ön tillaga pullab, bundan-da çiroyli tandirlar yasay boşlabdi. Yodgorning işi yurişib ketibdi va boylik mehnatda ekanini, har kim ota kasbi orqasidan rohat körişini anglab etibdi.
Ozoda TÖLIBOYeVA,
71-sonli maktab öquvçisi.
AQL-FAROSATNING KUÇI
(Ertak)
Bir bor ekan, bir yöq ekan. Qaysidir zamonda uç aka-uka yaşagan ekan. Birining ismi Xursand, ikkinçisining ismi Xafa, uçinçisiniki esa Yiğloqi ekan. Ularning birinçisi kim nima desa ham kulib turaverarkan, ikkinçisi doim xafa bölib ötiraverarkan, kenjatoy Yiğloqi bölsa, faqat yiğlarkan. Kunlarning birida yurtning podşosi vaziriga:
– Menga faqat yiğloqi odamni topib kel, – debdi. Vazir Yiğloqini podşohning huzuriga olib kelibdi. Podşoh aytibdi:
– Agar sen men nima desam ham yiğlab turaversang, senga ming tanga beraman!
Yiğloqi birdaniga xursand bölib ketibdi. Podşoh vazirni ham, Yiğloqini ham saroydan çiqarib yuboribdi. Keyin u boşqa vaziriga:
– Menga faqat xafa böladigan odamni top! – debdi. Vaziri Xafani topib kelibdi. Podşoh aytibdi:
– Men senga nima desam ham xafa bölib tursang bas. Evaziga senga ming tanga beraman!
Şunda Xafa birdaniga xursand bölib ketibdi. Podşoh vaziri bilan Xafani haydabdi. Bu gal podşohning jahli çiqibdi va har qanday holatda ham kulib turaveradigan odamni topib kelişni amr etibdi. Podşohning odamlari haligi aka-ukalarning kattasi – Xursandni saroyga olib kelişibdi. Podşoh unga:
– Agar men senga nima desam ham kulib turaversang, senga ming tanga beraman! – debdi. Podşoh unga har xil ohangda gapirib, sinabdi lekin Xursand kulib turaveribdi. Şunda podşoh unga ming tangani beribdi. Xursandni saroyda işlaşga taklif etibdi. Çunki davlat işlarini olib borişda har qanday vaziyatda ham özini yöqotib qöymaydigan, özining kayfiyatini atrofidagilarga yuqtirmaydigan insonlar muammolarni hal etişda uddaburon bölişini podşoh bilardi.
Qissadan hissa şuki, Xursand özining çiroyli feʼl-atvori, yaxşilik va yomonlikni aql-farosat bilan qabul qila olişi tufayli podşohning eʼtiborini qozona olibdi.
Yulduz QÖŞNAZAROVA,
8-sonli IDUM öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶