ANIQ TAŞXIS QÖYIŞ – KASALLIKNI DAVOLAŞ SARI MUHIM QADAM
Ha, şunday. Çunki kasallikni aniqlaş, töğri taşhis qöyiş – uni samarali va tezkor davolaşga yöl oçadi.
Tuman tibbiyot birlaşmasida bu borada muayyan işlar amalga oşirilmoqda. Rentgenologik tekşiruvning bunda örni alohidadir.
Birlaşmaga 2014-yilda "Salomatlik - 3” loyihasi böyiça keltirilgan va aholiga tibbiy xizmat körsatayotgan zamonaviy, kompyuterlaşgan (CR-30-X) 2 ta rentgen apparatidan bemorlarni tekşiriş va tez taşxis qöyişda samarali foydalanilmoqda. Mazkur rentgen jihozlari tibbiyot birlaşmasining Şoşilinç tibbiy yordam bölimiga, köp tarmoqli markaziy poliklinikaga örnatildi.
Tuman aholisiga tibbiy xizmat körsatişni yanada yaxşilaş maqsadida keltirilgan jihozlar bemorlarni tez va samarali tekşirişga xizmat qilayotgani bilan juda ahamiyatlidir. Şuningdek, tekşiruv natijalari köp vaqt davomida kompyuter xotirasida saqlanib turişi bemorning tekşiruvdan oldingi va keyingi holatlarini biliş, soliştirib köriş, davolaşning borişini kuzatiş imkonini beradi. Qolaversa, avvalgi rentgen apparatlari tekşiruv natijasi 15-20 minutda aniqlangan bölsa, hozirgi zamonaviy kompyuterlaşgan apparatlar yordamida 2-3 minutda aniqlanadi, qolaversa, tekşiruv vaqtida bemorning nurlanişi kamayadi.
Tuman aholisiga tibbiy xizmat körsatişning bugungi ahvolini oldingi yillarga soliştiradigan bölsak, erişilayotgan quvonarli natijalar qatori rentgenologik tekşirişlar saviyasi ham tubdan yaxşilanganligiga guvoh bölamiz.
Fikrimning isboti sifatida şuni aytişim mumkinki, 2014-yilda 4000 nafardan ortiq tumanimiz fuqarolari rentgenologik tekşiruvlardan ötkazilgan bölsa, 2015-yilda 15000 dan, 2016-yilda esa 20000 dan ortiq fuqaro tekşiruvdan ötdi. Bundan körinib turibdiki, bemorlarga birlamçi taşxis qöyiş işlari Respublika miqyosidagi markazlar bilan tenglaşdi.
Rentgenologik tekşirişlar tufayli birlamçi sil kasalliklari, saraton kasalligi, içki aʼzolar kasalliklari tezkor aniqlanib, davolaşni samarali olib boriş imkoniyati yaratilmoqda. Zero, aniq taşxis – kasallikni tezkor davolaş sari muhim qadamdir.
Ö.KENJAYeV, tuman tibbiyot birlaşmasi rentgenolog şifokori.
(Foto: ÖzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶