12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:03
Iqtisodiyot 👁 4,101

ÖZBEK AVTOMOBILSOZLIGINING DOVRUĞI

ÖZBEK AVTOMOBILSOZLIGINING DOVRUĞI
Asakadagi avtozavodda yaqin kunlarda 2 000 000 çi avtomobil konveyerdan çiqadi.

Dunyoda avtomobil işlab çiqaruvçi davlatlar köp emas. Bundan ön yetti yil muqaddam Prezidentimiz Islom Karimov taşabbusi bilan Asaka şahrida avtomobil zavodi işga tuşirilgaç, Özbekiston ham ana şu mamlakatlar
safidan mustahkam joy oldi.
Zero, mazkur zavod bunyodkor xalqimiz kuç-qudrati, aql-zakovati, ğayrat-şijoatining yorqin namunasidir. Şu bois har gal yöllarimizda yeldek uçqur "Damas”, "Neksiya”, "Matiz”, "Spark”, "Lasetti”, "Kobalt”, "Malibu”, "Kaptiva” singari yengil maşinalarni körganimizda, iç-içimizdan sevinamiz, qalbimiz quvonçga töladi.     
Aslida, bugun özimizda işlab çiqarilgan avtoulov kirib bormagan xonadon, mahalla, qişloq deyarli qolmadi. Ular xalqimizning uzoğini yaqin, muşkulini oson qilmoqda. Özbek avtomobillariga taşqi bozorda ham talab ortib borayotgani, ayniqsa, quvonarlidir. Bu maşinalarimiz taşqi körinişi, içki bezagi, mustahkamligi, tejamkorligi va xavfsizligi bilan allaqaçon avtoişqibozlarning mehrini qozonganidan yaqqol dalolatdir.
Şu örinda aytiş joizki, özbek avtomobillarining jahon miqyosidagi dovruği oşişida xalqaro avtotransport işlab çiqaruvçilar taşkilotining teng huquqli aʼzosi bölmiş "Özavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasining munosib hissasi bor.
Negaki, davlatimiz rahbari alohida taʼkidlaganidek, "Mamlakatimizda avtomobil sanoatining paydo bölişi u bilan boğliq va unga xizmat körsatadigan bir qança işlab çiqariş korxonalari va quvvatlarining rivojlanişi uçun muhim şart-şaroit yaratdi”. Yangi zavodga butlovçi buyumlar, ehtiyot qismlar, lok-böyoq va boşqa mahsulotlar yetkazib beruvçi "Uz Dong Ju Peint Ko”, "Uz Dong Yang Ko”, "Uz Dong Vong Ko”, "Uz Kodji”, "Idas Elestroniks System”, "Andijonkabel” singari önlab korxonalar barpo etilgani fikrimiz tasdiğidir. Birgina Andijon viloyati misolida aytadigan bölsak, bunday korxonalar keyingi yetti yil içida 47 tadan 108 taga, ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlar hajmi 1 trillion 100 milliard sömlikka yetdi. Tarmoqda band bölganlar esa 22 ming 400 kişidan oşib ketdi.
 Jahon tajribasidan maʼlumki, avtomobilsozlik sohasida bitta iş örni oçilişi boşqa tarmoqlarda uning soni 7 tadan 15 tagaça köpayişiga zamin hozirlaydi. Şu maʼnoda, Asakadagi korxona sanoat tarmoqlarining jadal rivojlanişi, aholi bandligining taʼminlanişi, turmuş farovonligi oşişiga xizmat qilayapti, desak, mubolağa bölmaydi.
— Avtomobillarimiz hamyurtlarimizning uzoğini yaqin, muşkulini oson qilibgina qolmay, balki oilalarning aksariyati uçun daromad manbaiga aylandi, — deydi "Matiz” haydovçisi, izboskanlik Mahmudjon Valijonov. — Ularni boşqariş har tomonlama qulay, iqtisodiy jihatdan tejamli. Şuning uçun talab nihoyatda katta. Ilgari qişloğimizda sanoqli xonadonlarda avtomobil bölgan bölsa, hozirgi kunga kelib bir yarim mingga yaqinlaşganini aytiş kifoya.
Avtomobillar köpaygani sayin joylarda, ayniqsa, olis qişloqlar, çekka hududlarda servis xizmati körsatuvçi şoxobçalar, Janubiy Koreya, Germaniya, Xitoy, Italiya kabi mamlakatlardan keltirilgan zamonaviy texnologik uskunalar, diagnostika vositalari bilan töliq jihozlangan stantsiyalar taşkil etilmoqda. Mahalliylaştiriş dasturiga muvofiq tatbiq etilayotgan yangilik va imtiyozlar esa avtomobilsozlikni yanada rivojlantiriş, butlovçi buyumlar tannarxini arzonlaştiriş imkonini berayotir. Sababi, uşbu dastur doirasida har yili sohaga ixtisoslaştirilgan önlab kiçik biznes subeʼktlari barpo etilmoqda. Oltinköldagi "Sanoat plast”, Asakadagi "Asaka davr butlovçi”, "Oynazar”, Marhamatdagi "öayrat-2000”, Andijon tumanidagi "And sanoat plast” va boşqa xususiy firmalar ana şular jumlasidandir.
Fan-texnika şiddat bilan rivojlanib borayotgani, öz navbatida,  avtomobilsozlik sanoatiga ham uning ilğor yutuqlarini tatbiq qilişni taqozo etmoqda. Şu bois yurtimizda avtomobilsozlik sohasiga qiziquvçi yoşlarning öqib-örganişlari, ilmiy izlanişlarini taʼminlaydigan bir qator oliy taʼlim dargohlari faoliyat körsatayotgani, taʼlim, fan va işlab çiqariş integratsiyasi yölga qöyilgani ayni muddao bölayapti. Pirovardida zavodda istiqbolli loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilib, jahon andozalariga mos yangi turkumdagi avtomobillar işlab çiqarilmoqda. Masalan, 2003-yildan boşlab "Lasetti” rusumli avtomobil yiğilişi özlaştirilgan bölsa, oradan beş yil ötib, "Şevrole” brendi bilan avtoulovlar işlab çiqarişga kirişildi.  
Yangilangan "Chevrolet Captiva” avtomobilining konveyerdan çiqarilişi esa bu boradagi islohotlarning mantiqiy davomi böldi. Uning körkam dizaynga ega ekanligi, yuksak darajadagi uskunalar, zamonaviy dvigatel hamda uzatmalar bilan jihozlangani xaridorlar qiziqişini yanada oşirdi. Aytaylik, 7 kişiga möljallangan salon keng va şinam bölib, ehtiyoj tuğilganda, orqa qatordagi örindiqlarni yiğib, yuk taşiş imkoniyatini yuzaga keltiriş mumkin. Qolaversa, avtomobilga olti bosqiçli avtomat uzatma, 258 ot kuçiga ega dvigatel örnatilgan. Ötgan yildan boşlab esa, uşbu  zamonaviy, körkam dizaynli avtomobillar qatoriga "Chevrolet Cobalt” yangi maşinasi ham qöşilgani diqqatga sazovordir.
Ayni paytda avtomobillarimiz Rossiya, Qozoğiston, Ukraina singari öndan ortiq mamlakatlarga eksport qilinayotir. Şundan kelib çiqib, Hamdöstlik davlatlarida dilerlik tarmoqlari soni 250 tadan oşdi. Ular tomonidan "Özbekistonda işlab çiqarilgan” yorliği bitilgan avtomobillarimiz çet ellik xaridorlarga yetkazib berilmoqda.
Istiqlol yaratgan möʼjiza — özbek avtomobilsozligi milliy boyligimiz, ğururimizdir. Özining ikki millioninçi avtomobilini konveyerdan tuşiriş arafasida turgan "GM Uzbekistan” jamoasi aʼlo sifatli, körkam körinişli, tejamkor mahsulotlari bilan vatandoşlarimizga, xorijlik döstlarimizga olam-olam şodlik ulaşmoqda. Ularning qölida sayqal topgan avtomobillarimiz dillarni dillarga, ellarni ellarga tutaştirib, Özbekistonimizning çeksiz imkoniyatlar yurti ekanini, xalqimizning heç kimdan aslo kam emasligini jumlai jahonga köz-köz qilmoqda.

Odiljon ŞODMONALIYeV,
«Xalq sözi» muxbiri.

(Manba: http://xs.uz)
 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026