21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 17:44
Iqtisodiyot 👁 2,898

UZLUKSIZ ELEKTR TAʼMINOTI – TARAQQIYoT GAROVI

UZLUKSIZ ELEKTR TAʼMINOTI – TARAQQIYoT GAROVI

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu vazifani bajarish uchun yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilgʻi-energiya resurslari bilan taʼminlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ustuvor vazifalardan biri deb belgilandi.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi mavjud elektr stantsiyalarining jami quvvati 14,1 GVt boʻlib, elektr energiyasining 96 foizi "Oʻzbek-energo” AJga qarashli boʻlgan 10 ta issiqlik elektr va 29 ta gidroelektr stantsiyalarida ishlab chiqarilmoqda.

"Oʻzbekenergo” AJ ga qarashli quvvatlar asosan oʻtgan asrning 60- va 80-yillarida ishga tushirilgan boʻlib, maʼnan va jismonan eskirgan. Tarmoqda ishlatilayotgan uskunalarning 60 foizidan ortiq qismi oʻz ishlash muddatini toʻliq oʻtab boʻlganligi sababli elektr energiyasining  12,1 foiz qismi isrof boʻlmoqda.

Mamlakatda energetik resurslarga ehtiyoj tobora ortib borayotgani  elektr energiyasi hosil qilishda qoʻllaniladigan birlamchi energoresurslar, xususan tabiiy gaz sarfining ortishiga olib kelmoqda. Xolbuki, elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun sarflanuvchi birlamchi resursning 84 foiz qismi tabiiy gaz, 1 foiz qismi neft mahsulotlari, 10 foiz qismi gidro resurslar va 5 foiz qismi koʻmir hisobiga toʻgʻri kelmoqda.

Mavjud energiya resurslaridan oqilona foydalanish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini amaliyotga keng joriy etishga mutaxassislar hisobiga koʻra 11,0 mlrd. AQSh dollari talab etiladi. Buning natijasida tabiiy gazning tejalishi hisobiga xarajatlar 7-8-yilda oʻzini toʻliq qoplaydi.

Ushbu ishlarni amalga oshirishda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish muhim axamiyatga ega.

Maʼlumki, 2015 yilda iqtisodiyot tarmoqlarida energiya nobudgarchiligini kamaytirish va tejamkorligini taʼminlash maqsadida "Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.

Ayni vaqtda 2017-2021-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilmoqda. Hujjatda sotilayotgan maishiy elektr uskunalari, yangidan qurilayotgan bino va inshootlarni energetik markalash va sertifikatlash, sanoat va ijtimoiy obʼektlarni texnologik jarayonlarni ratsionalizatsiyalash bazasida modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini faqatgina energetik samarador va energiyatejamkor texnologiyalar asosida barpo etish, yangi turar joy va maʼmuriy binolarni qurish va rekonstruktsiya qilishda energiya samaradorligini taʼminlash, qayta tiklanuvchan energiya manbalarini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, energiyatejamkor qurilmalar, uskunalar va materiallar ishlab chiqarilishini kengaytirish, ularni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sektorda keng qoʻllash koʻzda tutilgan.

Bu ishlarning amalga oshirilishi xalqimiz turmush farovonligining yanada yuksalishiga, iqtisodiyotimiz rivoji va malakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Qutlimurat BABAShEV,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

(Foto - http://pressnews.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026