Xotira turniri ötkazildi
29-yanvar kuni 3-sonli Amudaryo akademik litseyi sport zalida Rajapboy Yöldaşev xotirasiga bağişlanib, sportning karate turi böyiça ötkazilgan oçiq turnir yaxşilar yodi abadiy bölişini barçamizga yana bir bor eslatdi.
Rajapboy Yöldaşev! Uning samimiylik yoğilib turadigan nurli siymosi tumanimiz xalqi xotirasida bir umr yaşaydi. Şu el tinç-osoyiştaligi, farovonligi uçun huzur-halovat bilmay mehnat qilib, tumanimizni mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va boşqa sohalarda öz örniga, nufuziga ega hududga aylantirdi. Qatʼiyatli, öziga va atrofidagilarga nisbatan öta talabçan, izlanuvçan, xalqqa ğamxör, har qanday holatda ham odamlar bilan til topişa oladigan bağrikeng, soğligi yomon bölişiga qaramay, hayotining sönggi kunlarida ham xalq ğami bilan yaşab, Amudaryo ustiga zamonaviy temir-beton konstruktsiyali köprik quriş loyihasini kelgusi yillarning manzilli dasturiga kiritişga muvaffaq bölgan bu fidoyi inson taʼbir joiz bölsa, öz mehnatlari bilan öziga juda mahobatli haykal qöyib ketdi, desak mubolağa bölmas.
3-sonli Amudaryo akademik litseyining kiriş foyesiga tumanimizning sobiq rahbari, hurmatli Rajapboy Yöldaşev mehnat faoliyatining turli yillarida olingan suratlari joy olganstendlar örnatilgan, katta ekranli televizorda xotira lavhalar namoyiş etilib, taşrif buyuruvçilar uning hayoti va mehnat faoliyati bilan taniştirilmoqda.
Oçiq xotira turniri mehmonlari – Qoraqalpoğistonda karate sportini rivojlantiriş maqsadida Özbekiston karate Federatsiyasi bilan tuzilgan şartnoma asosida kelgan yaponiyalik mutaxassis, qorabelboğ 2-DAN sohibasi Oriso Kitamuri, Qoraqalpoğiston karate Federatsiyasi raisi Rustam Kazakov, Federatsiya mutaxassislari, Xorazm viloyati karate Federatsiyasi raisi Şeripboy Sapoyev va tuman hokimligi vakillari litsey ostonasida non-tuz bilan qarşi olindi.
Oçiq xotira turnirini tuman hokimi örinbosari M.Temirboyev oçdi.
Tumanimiz karate sporti bilan şuğullanuvçi turli yoşdagi, vazndagi öquvçi-yoşlar, Qoraqalpoğiston Respublikasining turli tumanlaridan, Nukusdan va Xorazm viloyatidan taşrif buyurgan karateçilar iştirokidagi musobaqalar nihoyatda keskin va qiziqarli böldi.
– Bizni musobaqaga tayyorlaş jarayonida murabbiylarimiz Amudaryo tumani hokimi Rajapboy Yöldaşev öquvçi-yoşlarga juda ğamxör va oqil rahbar bölganligini taʼkidlab, uning hayot yöli bilan taniştirişdi. Şuning uçun turnirga zimmamizga ulkan masʼuliyatni his qilgan holda keldik va birinçi, ikkinçi örinlarni egalladik, – deydi nukuslik mohir karateçilar Dilnoza Karamaddinova, Durdona Oymurzayeva, Asal Davletovalar.
– Mening Manğitga ikkinçi marta kelişim. Aslida Özbekiston Respublikasi karate Federatsiyasi taklifiga binoan karate böyiça Tokioda böladigan olimpiadaga qoraqalpoğistonlik iştirokçilarni tayyorlaş uçun kelganman. Bugungi oçiq xotira turnirining ilk lahzalaridayoq Qoraqalpoğistonda karate ommalaşib, bolalarning mahorati ança oşib qolganligiga guvoh bölib, quvondim, - deydi yaponiyalik mutaxassis Oriso Kitamuri.
Tumanimizda sportning karate turi rivojlanişiga ulkan xizmat qilgan murabbiy, xotira turniri taşkilotçilaridan biri Ilhom Erimmetov:
– Bugungi xotira turnirida tumanimiz yoşlarining ğoliblik uçun intilişida ulkan maʼno bor. Çunki tumanimizning sobiq hokimi Rajapboy Yöldaşev şu eldagi katta-yu kiçikning birday hurmat-ehtiromiga sazovor inson edi, – deydi faxr bilan.
Bellaşuvlar tobora qizğin tus oldi.
Xotira turniri ğoliblariga medallar, turnir taşkilotçilarining Faxriy yorliqlari, esdalik sovğalari topşirildi.
Taqdirlaş marosimida tuman hokimi S.Yöldaşev iştirok etdi va ğoliblarni qizğin qutladi.

Oygul RAJABOVA.
M.ŞOMURODOV olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶