AMUDARYo TUMANI: INTERNET JURNALISTIKA RIVOJI
Bugun davr bilan hamnafas bölişni istagan kişi albatta, atrofimizda sodir bölayotgan voqea-hodisalar, yangiliklardan xabardor bölib boradi. Axborotni yetkaziş haqida gap ketganda aytiş kerakki, yaqin-yaqinlargaça ommaviy axborot vositalari asosan matbuot, radio va televideniye körinişlarida tasavvur etilar edi. Biroq, endilikda butun dunyoda Internet-jurnalistikasi ham alohida, kelajak ommaviy axborot vositasi sifatida eʼtirof etilmoqda.
Internet orqali axborot olişning muhim jihatlari şundan iboratki, masalan, agar gazeta har oyda ikki marta çop etilsa, yoki tele - va radiokanallar kuniga maʼlum soat efirga uzatilsa, internet-naşr u yoki bu voqea töğrisidagi axborotni yangilaş borasida çeklanmagan imkoniyatlarga, matn uçun keng maydonga ega. Ikkinçidan, Internetda "ikki tomonlama aloqa” — "feed-back” imkoniyati bor. Har bir foydalanuvçi Internetda çop etilgan materialga özining munosabatini bildirişi, fikrini qoldirişi, qöşimça qilişi yoki axborotni tahrir qilişi mumkin. Şuningdek, saytdagi maqolaga qöşimça elektron manbalarni ilova qiliş, ovozli va videomateriallarni joylaştiriş mumkin.
Şu jihatlari bilan ommaviy axborot vositasi sifatidagi Internet saytlari bugun millionlab öquvçilar auditoriyasiga ega bölmoqda. Yurtimizda ham bu kabi informatsion portallar soni va ularning öquvçilari kun sayin ortmoqda. Quvonarlisi, 2012-yildan boşlab tumanimizda ham davr talabi asosida ana şunday xayrli işga qöl urildi. Dastlab «Taraqqiyot közgusi» gazetasining Internetdagi rasmiy sahifasi sifatida iş boşlagan www.amunews.uz veb-saytining ötgan yil oxirlariga kelib mustaqil OAV sifatida röyxatdan ötgani nafaqat saytdagi maʼlumotlar hajmining, balki saytga taşrif buyuruvçilar sonining ham sezilarli darajada oşişiga zamin yaratdi. Hozirgi kunda Özbekiston Respublikasida 14 mingdan ziyod internet saytlari röyxatdan ötgan bölsa, www.amunews.uz sayti www.uz portalining top reytingi böyiça birinçi mingtalik içida öz örnini topgan. Biz yurtimizdan yiroq bölsak ham öz tumanimiz hayoti, unda sodir bölayotgan ijtimoiy-iqtisodiy voqealardan dunyoning istalgan nuqtasida turib xabardor böliş imkoniyatiga ega böldik. Bundan taşqari, mazkur sayt keng qamrovliligi bilan ham alohida ajralib turadi. Saytda faqat yangiliklar bilan çeklanib qolmasdan, foto şarhlar, dunyo manzaralari, maşhur şaxslar va sanalar haqida maʼlumotlar, turli xil ijtimoiy sörovnomalar joy olgan.
Inson umri davomida axborot oqimida yaşaydi, şuningdek kun davomida ham axborot olami bilan yonma-yon hayot keçiradi. Ertalabki nonuşta paytida televizor köramiz yoki radio tinglaymiz, dam oliş vaqtida gazeta yoki jurnal öqiymiz. Xizmat xonamizdagi kompyuterni yoqişimiz bilan uni Internetga ulaymiz va yangiliklar oqimiga şunğiymiz. Endilikda dunyo va mamlakatimizdagi yetakçi axborot agentliklarining veb-sahifalari, maşhur gazetalarning internet talqini bilan tanişişdan taşqari albatta, tumanimiz hayotining Internetdagi közgusi – www.amunews.uz veb-saytiga ham taşrif buyurib, tumanimiz yangiliklari bilan tezkor va qulay tarzda tanişamiz. Darvoqe, saytning mobil versiyasi ham sayt bilan hamroh bölişda bizga katta yordam beradi.
Fursatdan foydalanib, uşbu veb-sayt tahririyati xodimlarini 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan çin yurakdan tabriklayman, işlariga omad tilayman.
Rahmatulla Matqurbonov,
tuman Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimining "Öquvçilarni kasb-hunarga yönaltiriş va psixologik pedagogik diagnostikasini metodik taʼminlaş kiçik guruhi” rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶