16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:38
Siyosat 👁 2,899

EʼTIBOR, GʻAMXOʻRLIK VA RAGʻBAT ijodkorni yangi marralar sari chorlaydi

EʼTIBOR, GʻAMXOʻRLIK VA RAGʻBAT ijodkorni yangi marralar sari chorlaydi

Bugun biz yashayotgan globallashuv davrida taraqqiyotni, hayotimizni axborotsiz tasavvur qila olmaymiz. «Axborot asri» deya nom olgan asrimizda ommaviy axborot vositalari kishilar ong-shuuri, dunyoqarashi, siyosiy saviyasiga hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga hissa qoʻshayotgan eng asosiy va taʼsirchan vositalardan biridir. Shu bilan birga, bugun ommaviy axborot vositalari shunchaki axborotni yetkazuvchi vosita emas, yurtdoshlarimizning siyosiy  va  huquqiy ongi, fuqarolik faolligi oshishiga taʼsir koʻrsatuvchi kuchga aylanmoqda.

Jamiyatda roʻy berayotgan oʻzgarish va yangilanishlar aynan ommaviy axborot vositalari orqali keng ommaga yetib boradi. Qolaversa, fuqarolarimizning islohotlardagi faol ishtirokini, ularga nisbatan munosabatini bildirishda ham ommaviy axborot vositalari asosiy minbar vazifasini oʻtaydi.

Shuni taʼkidlash kerakki, yurtimizda ushbu sohani isloh qilish maqsadida zarur qonunchilik bazasi yaratildi va yildan-yilga takomillashib bormoqda. «Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida»gi, «Telekommunikatsiya toʻgʻrisida»gi, «Reklama toʻgʻrisida»gi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi qonunlar shular jumlasidandir. Shuningdek, sohani yanada rivojlantirish maqsadida bugungi kunda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari toʻgʻrisida»gi va «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonun loyihalari koʻrib chiqilayotgani bu fikrimizning isbotidir.

Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi»da axborot sohasini isloh qilish, axborot va soʻz erkinligini taʼminlash masalasining eng muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida tilga olingani ham soha rivojiga katta turtki boʻlmoqda.

Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish borasida tumanimizda ham qator amaliy ishlar qilinmoqda. Tumanimizda matbuot va ommaviy axborot vositalarining 3 ta vakili – «Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasi, Amudaryo televideniyesi va OAV shaklidagi    www.amunews.uz veb-sayti faoliyat koʻrsatmoqda.

«Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasi tumanimiz ommaviy axborot vositalarining eng keksa vakilidir. Salkam 80 yillik faoliyati davomida gazetamiz tumanimiz aholisining yaqin maslakdoshi boʻlib qolgan, desak yanglishmaymiz. Tuman hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengashining nashri boʻlmish «Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasi mustaqillik yillarida yangicha mazmun va mohiyat kasb etib, xalqimiz orasiga kirib bordi.

Tuman hokimligining amaliy yordamlari bilan gazeta tahririyatining moliyaviy ahvoli ancha yaxshilandi, moddiy-texnika bazasi kuchaydi, oʻz balansidagi binoga va xizmat avtomashinasiga ega boʻldi. Gazetamizning adadi sezilarli darajada oshib, davriyligi oyiga 3-martaga yetkazildi va qamrov hududi kengayib, tumanimizning barcha ovul va mahallalariga yetib bordi.

Gazeta tahririyati faoliyati davomida koʻplab yutuqlarga erishib kelmoqda. Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda tahririyat taqdim qilgan «Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yanada yaxshilashda, aholi orasida, ayniqsa yoshlarga sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda OAVlarning rolini oshirish» nomli loyihaning gʻolibi deb topilgani ham shunday yutuqlardan biri boʻldi. Jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining qarori bilan gazetamiz tahririyatiga 14 million soʻm miqdoridagi davlat granti ajratildi.

Tahririyat xodimlarining tashabbusi bilan Internet jurnalistika yoʻlga qoʻyildi va Qoraqalpogʻistonda birinchi boʻlib Internet orqali tarqatiladigan mustaqil ommaviy axborot vositasi – www.amunews.uz veb-sayti roʻyxatdan oʻtkazildi. «Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasi tahririyati» Davlat korxonasining tarkibiy boʻlinmasi boʻlmish ushbu veb-sayt tahririyati tumanimizning barcha sohalarida boʻlayotgan yangilik va oʻzgarishlarni Internet sahifalarida tezkor yoritib bormoqda.

Tuman hokimligining katta amaliy yordami bilan tashkil qilingan va ish boshlagan Amudaryo televideniyesi koʻrsatuvlari  salkam 3-yildan beri efirga uzatib kelinmoqda. Oʻtgan davr mobaynida tahririyat tomonidan har birining davomiyligi 2,5-4 soat boʻlgan 440 dan ortiq teleefir materiallari tayyorlandi va efirga uzatildi.

Bu jarayonda tumanimizning deyarli barcha jabhalari qamrab olindi va sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati aholiga keng yetkazib borilmoqda. Koʻpchilik koʻrsatuvlarning har bir sonini teletomoshabinlar kutadigan va sevib tomosha qiladigan boʻldi.

«Amudaryo televideniyesi» MChJ muassislari va tahririyatimiz teledasturlarning tarqalish hududini kengaytirish, tahririyatning moddiy-texnika bazasini va xodimlar sifat tarkibini yaxshilash, koʻrsatuvlarning rang-barangligini oshirish va efir vaqtini uzaytirish kabi masalalarni ham ijobiy hal qilib, telekanal faoliyatini yanada yaxshilash ustida ish olib bormoqdalar.

Sohaga qaratilayotgan katta eʼtibor, jurnalistlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik va ragʻbat, berilayotgan amaliy yordam bizning zimmamizga yanada katta masʼuliyat yuklaydi va kelgusida bundan ham samarali mehnat qilib, tumanimiz hayotining barcha jabhalarini tezkor va xolis yoritib borish uchun kuch-quvvat bagʻishlaydi.

Yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlikni his qilib, masʼuliyatli vazifalarni yelkasiga olib mehnat qilayotgan barcha hamkasblarimizni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin yurakdan tabriklab, ularning faoliyatiga rivoj tilaymiz.

 Gʻulomjon YeShNIYoZOV,

«Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasi va Amudaryo televideniyesi Bosh muharriri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026